Vagomiks

Oddiy vaginal mikroflorani tiklash uchun ishlatiladi

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Ginekologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

CHIQARILISH SHAKLI: (1) ximoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki polivenilxlorid va alyuminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5-1,Ogr li 10-12 dona kapsulalar. (2) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Farmakoterapevtik guruh: eubiotik (Lactobacillus acidophilus).

Dozalash shakli: vaginal kapsulalar.

Tarkibi: 1 kapsulaning tarkibi:

Faol modda: jonli atsidofil laktobakteriyalar - kamida 10x10° KOE.

Yordamchi moddalar: magniy stearati - 3 mg, laktoza monogidrat - kapsula tarkibidagi massani 400 mg olish uchun yetarli miqdor.

Kapsula qobig'ining tarkibi: jelatin.

PREPARATNING TA'SIRI

Laktobakteriyalar (lot. Lactobacillus) - gram-musbat anaerob spora hosil qilmaydigan sut kislotasi bakteriyalari turkumi Laktobakteriyalar deb ham ataladi. Laktobakteriyalarning foydali xususiyatlari shundaki, laktobakteriyalar kislotali muhit yaratadi, unda biron bir mikrob omon qolmaydi. Bundan kelib chiqadiki laktobakteriyalar mukammal bakteritsid ta'sirga ega. Lactobacillus ta'sirida enterobakteriyalar omon qolmaydi, dizenteriyani keltirib chiqaradigan shigellani ham. Og'izdagi sut kislotasi bakteriyalari tonzillit va yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan stafilokokk bakteriyalarini o'ldiradi va keyingi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

VAGOMIKS preparatiga kiritilgan NK1, NK2, NK5, NK12 atsidofil laktobakteriya shtammlari normal inson mikroflorasi vakillariga tegishli. Laktobakteriyalar vaginal mikrofloraning fiziologik muvozanatini normallashtiradi, saqlaydi va tartibga soladi. In vitro tadqiqotlari natijalariga ko'ra, NK1, NK2, NK5, NK12 laktobakteriyalari Candida albicans turi zamburug larining o'sishini kuchaytirmaydi.

KO'RSATMA

Vaginal disbiyozni davolash va oldini olish. Kompleks davolash:

  • o'tkir, o'tkir osti va surunkali vulvit va vaginit;
  • postmenopozal atrofik vaginit;
  • antibiotik terapiyasidan keyingi bakterial vaginoz.
  • Operatsiyadan keyingi yuqumli asoratlarning oldini olish, antibiotik terapiyasi paytida urogenital tizimda disbiotik o'zgarishlar. Rejalashtirilgan ginekologik operatsiyalarga tayyorgarlik va yallig'lanish kasalliklari xavfi ostida bo'lgan homilador ayollarni prenatal tayyorlashda.

VAGOMIKS vaginaning normal mikroflorasini tiklash uchun ishlatiladi. Preparat tarkibidagi sut kislotasi bakteriyalari

mikrofloraning fiziologik muvozanatini normallashtiradi, saqlaydi va tartibga soladi.