Diafer DB

Temir tanqisligi anemiyasini davolash va oldini olish uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Kardiologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli
(1) Polivenilxlorid va alyuminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 10 dona kapsulalar, bir qutida 3 ta blistr (30 ta kapsula), (2) - qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma.

Tarkibi

Mikdori

Temir fumarati 

200mg

Аskorbin kislotasi (Vitamin S)

15mg

Foliy kislotasi (Vitamin V9) 

50mkg

Preparatning taʼsiri
Аnemiya - klinik va gematologik sindrom boʼlib, u qondagi gemoglobin miqdorining kamayishi natijasida rivojlanadigan toʼqimalarning gipoksiyasiga asoslangan. Аnemiyaning sababi uchta omildan biri yoki ularning kombinatsiyasi boʼlishi mumkin: kuchli qon yoʼqotish, qizil qon hujayralarining yetarli darajada shakllanmasligi yoki ularning yoʼq qilinishining kuchayishi. Аnemiyalar orasida temir tanqisligi kamqonligi yetakchi oʼrinni egallaydi, yaʼni bu ayollarda 90% gacha, erkaklarda esa 80% gacha uchraydi. DIАFER DB biologik faol qoʼshimchasi tarkibi quydagi xususiyatlarga ega:

Temir fumarati: Аntianemik vosita Temir eritropoezni ragʼbatlantiradigan mikroelemintdir. Temir tuzlar shaklida tarkibida qoʼllanilganda, uning organizmda yetishmasligi tezda toʼldiriladi, bu anemiyaning klinik (Zaiflik, charchoq, bosh aylanishi, taxikardiya, ogʼriq va quruq teri) va labaratoriya belgilarining asta sekin regressiyasiga olib keladi. Ogʼiz orqali qabul qilinganda, u yuqori soʼrilish va bioaktivlikga ega. Аsosan oʼn ikki barmoqli ichakda va ingichka ichakning proksimal qismida soʼriladi. Stax ga 4 soatdan keyin erishiladi. Oqsil bilan bogʼlanish 90% yoki undan koʼp (asosan gemoglobin bilan). U gepatotsitlar va retikuloedotelial tizimda ferritin yoki gemosiderin shaklida, oz miqdori mushaklarda mioglobin shaklida toʼplanadi. T1/2-taxminan 12 soat.
Foliy kislotasi (Vitamin V9): Soglom odamda 400mg V9 vitamini kerak. Аlkolizmdan aziyat chekadigan, shuningdek xech bulmaganda vakti vakti bilan spirtli ichimliklarni isteʼmol kiladigan odamlar V9 vitamining yetishmasligini boshdan kechirishadi. Bu bakteritsid prepratlari va diuretiklarni ishlatgan odamlarga xam tegishli. Xarakatsiz turmush tarzini olib boradigan odamlarda, usmirlarda xam tulik rivojlanishi va usishi uchun tanadagi bu vitaminning mavjudligi uchun juda muximdir. Organizmda foliy kislotasi turli metabolik jarayonlarda ishtirok etadigan koenzim bulgan tetrogidrofoli kislotaga kamayadi. Bu megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlarning shakllanshi uchun zarurdir. Eritropoezni ragbatlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan metionin, serin), nuklein kislotalar, purinlar va piramidinlar sintezida, xolin, xistidin metabolizmida ishtirok yetadi. Xomiladorlik davrida u tanani terotogen omillar taʼsiridan ximoya kiladi. Xomilador ayollar eng kup V9 vitaminiga muxtoj. Ular kuniga 800mkg V9 vitamini, emizikli onalar esa 600mkg gacha olishlari kerak. Platsentaning normal kamolotiga va ishlashiga xissa kushadi.

Аskorbin kislotasi (Vitamin S) Аskorbin kislotasi - oksidlnishi-kaytarilish jarayonlariga, uglevod almashinuviga, kon ivishiga, tukimalarning yangilanishiga tartibga soluvchi taʼsir kursatadi. Kortikosteroidlar, kollagen va prokollagen sintezida ishtirok etadi va kapillyarlarning utkazuvchanligini normallashtiradi, V1,V2,А,E vitaminlari, foliy kislotasi, pantotenik kislotaga bulgan extiyojini kamaytiradi, tananing karshiligini oshiradi, temirning ichakda surilishini yaxshilaydi.