Florin DB

Bolalar uchun probiyotiklar

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Gastroenterologiya
Qadoq turi:
Paketcha
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

1.0gr dan kukun sashe paketlarda, 400mg dan kapsulalarda.

Tarkibi

Ta'sir etuvchi moddalar:

- PL bifidobakteriyalardan majmua:

- Bifidobacterium longum 17x-son shtamm

- Propionibacterium avidum 1

- Lactobacteriyalardan majmua:

- Lactobacillus asidophilum 180-son shtamm,

- Lactobacilus bulgaricum 176-son shtamm,

- Streptococcuse diasetilactis 64-son shtamm,

- Streptococcus thermophilus 108-son shtamm.

400 mg kapsulada kamida 10x10° KOE. Bitta sasheda 10x10° KOE. Yordamchi moddalar: maltodekstrim.

Biokimyoviy xususiyatlari

FLORINFON DB biomajmuasining biologik samarasi lakto va bifido bakteriyalarning xususiyatlari bilan ta'minlanadi, ular tabiiy istiqomat qiluvchi sifatida ichakda tez kolonizatsiya qilish xususiyati bilan farqlanadi va patogen mikroblarning o'sishiga to'sqinlik qiluvchi muhitni yaratadi. Lakto va bifidobakteriyalar shartli -patogen mikroorganizmlar va ularning toksinlari ta'siridan ichak shilliq qavatini himoya qilishadi, interferon hosil bo'lishini rag batlantirishadi, shu orqali mahalliy va umumiy immunitetni mustahkamlashadi. Bir vaqtning o'zida laktobakteriyalar va ichak mikroflorasi tarkibidagi boshqa mikroorganizmlar populyatsiyalarining sonini qayta tiklaydi, vitaminlar sintezini rag batlantiradi.

Farmakologik ta'siri va samaralari

FLORINFON DB quyidagi samaralarni ko'rsatadi:

- Ichakda patogen yoki shartli patogen bakteriyalar nirojlanishini, zamburug'lar o'sishi, viruslarning o'sishi va ko'payishini, disbakteriozni ham bartaraf qiladi.

- Normal va patogen mikroorganizmlar o'rtasidagi muvozanatni yaxshilash, disbakterioz retsidivining oldini olish.

- K vitamin, biotin, niatsin va foliy kislotasining yetarli miqdorda ishlab chiqarilishini ta'minlash. Ovqat hazm qilishni yaxshilash va normalashtirish (ich ketish, qabziyat, qorin damlanishi, meteorizmni bartaraf qilish).

- Antibiotiklarni qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini normallashtirish.

- O'tkir ichak infeksiyasi bilan bog'liq diareyani bartaraf qilish.