Detriakso kids
Aqlni rivojlantirish - bu ertaga ishonch
- Tavsiya etiladi:
- Retseptsiz
- Turkumi:
- Nevrologiya
- Qadoq turi:
- Sirop 100 ml
- Sahifaga joylandi:
Tarkibi
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) - me’yorlash qoshig‘i - dozator, (3) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
PREPARATNING TA’SIRI
Miyaning normal ishlashining asosiy shartlaridan biri ushbu muhim organni yetarli miqdorda qon bilan doimiy ta’minlashdir. Miyaning turli qismlarida dam olish va ish holatida qon aylanishining ma’lum bir darajasini ta’minlash kerak. Agar bu jarayonlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, inson salomatligi muammolarga uchraydi: bosh og‘rig‘i va bosh aylanishidan hush yo‘qotishgacha va hayotiy muhim funksiyalarni buzilishi. Bunday vaziyatlarda organizmga miyada qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar yordamiga muhtoj.
DETRIAKSO KIDS Miyada hujayralari va markaziy asab tizimini himoyalovchi o‘simliklar tabiiy qismlarining kuchli manbai hisoblanadi. Mahsulot kuchli xotira funksiyasini saqlashda, tez fikrlashga va yaxshi aqliy qobiliyatni ishlashiga yordam beradi. DETRIAKSO KIDS biologik faol qo‘shimchasi tarkibidagi dorivor o‘simliklarning xususiyatlari:
Valeriána officinális: markaziy asab tizimi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri yurakning mushak va o‘tkazuvchan tizimiga ta’sir ko‘rsatib yurak faoliyatini tartibga soladi, tarkibidagi borneolning yurak tomirlariga bevosita ta’siri tufayli koronar qon aylanishini yaxshilaydi.
Gīnkgo ekstrakti: miyada miya qon aylanishini glyukoza va kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi, qon tomir tizimidagi aterosklerotik o‘zgarishlarning rivojlanishini to‘xtatadi va qariyalarda uyqu buzilishini bartaraf qiladi. Ginkgo ekstrakti yurak-qon tomir kasalliklari, gipertonik inqiroz va o‘sma kasalliklari xavfini kamaytiradi, organlarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Rhodiola rosea: hujayralarning yuqori energiyali molekulalarini ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi. Natijada, ko‘plab turdagi hujayralar mushak hujayralari, neyronlar va boshqalar uzoq vaqt davomida normal ishlashni davom ettirish uchun yetarli energiya oladi. Bundan tashqari, hujayraviy tiklanish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hujayralarga yetarli energiyaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Pushti Rodiola hujayralarni oksidlovchi shikastlanishdan, toksinlardan, gipotermiya yoki qizib ketish, infeksiyalar, kam miqdordagi kislorod va boshqa stress shakllaridan himoya qiladi. Pushti Rodiola turli sabablarga ko‘ra charchoq holatini, jumladan asabbuzarlik, haddan tashqari ko‘p ishlash, kasalliklar, uyqusizlikda yordam beradi. Mentha piperita L: spazmolitik, sedativ, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Gipertonik kasalliklarda, uyqusizlikda, yurak faoliyatini yaxshilashda qo‘llaniladi
Crataégus sanguínea: antispazmodik xususiyatlarga ega, koronar va miya tomirlarini tanlab kengaytiradi, venoz bosim darajasiga ta’sir qiladi va qon tomir devorlarining funksiyalarini yaxshilaydi. Ular aterosklerozga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
Fructis rosae: Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,Ye,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi, tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik ta’sirga ega. Namatak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.
Qo'llanma
QO‘LLANILISHI DETRIAKSO KIDS quyidagi sharoitlarda miya qon aylanishini yaxshilash va miya hujayralarini himoya qilishga yordam beradigan vitamin va minerallar manbai sifatida tavsiya etiladi:
- Yuqori qo‘zg‘alunchalikda
- Asteno-nevrotik sindromda
- Xotira va aqliy faoliyatning pasayishida uyqu buzilishida
- Quloqda shovqin eshitilishi va bosh aylanishida
- Diqqatni oshirish, parishonxotirlikni kamaytirishdaa
- Bosh miya shikastlanishining oqibatlarida
- Barmoqlar va oyoq barmoqlarining muzlashida
- Yeshlarda diqqatni va xotirani yaxshilashda
- Charchoq, tushkunlik, asabiy holatlar va bosh og‘rig‘ini bartaraf etish uchun
- Bosh miya qon aylanishining buzulishida
- Bosh miya tomirlar tonusining susayishida
- Nevroz, nevrasteniyada
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud bo‘lsa.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi vrach tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Preparat og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 2 marta 1,0 - 2,5 mldan; 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 3 marta 3,0-5,0 mldan; Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar, kuniga 3 marta 5,0-7,5 mldan. Preparat ovqatdan 5-10 daqiqa oldin qabul qilinadi.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqatilsin. Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin!
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud. Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash va shifokorga murojaat qilish kerak.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq ishlatilishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S do +20°S haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati - 24 oy.
EKSKLYUZIV DISTRIBYUTOR:
«DIAMOND BRAVE WORLD PHARM»MCHJ
Samarqand viloyati, Samarqand shaxri Ibn Xoldun 1.
Tel: +998 (88) 521-88-86
www.diamondbrave.uz


