Migsonbest

Tabiiy tinchlantiruvchi vosita. Stress darajasini pasaytiradi, uyquni yaxshilaydi.

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Nevrologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 200 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) - me’yorlash qoshig‘i - dozator, (3) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi

Miqdori

Dorivor Valeriana ekstrakti (Valeriána officinális)

600mg

Ginko biloba ekstrakti (Gīnkgo biloba)

400mg

Pushti Rodiola ekstrakti (Rhodiola rosea)

400mg

Qalampir yalpiz ekstrakti (Mentha piperita L.)

600mg

To‘qqizil Do‘lana ekstrakti (Crataégus sanguínea)

400mg

Namatak ekstrakti (Fructis rosae)

400mg

Preparatning ta'siri

     Miyaning normal ishlashining asosiy shartlaridan biri ushbu muhim organni yetarli miqdorda qon bilan doimiy ta’minlashdir. Miyaning turli qismlarida dam olish va ish holatida qon aylanishining ma’lum bir darajasini ta’minlash kerak. Agar bu jarayonlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, inson salomatligi muammolarga uchraydi: bosh og‘rig‘i va bosh aylanishidan hush yo‘qotishgacha va hayotiy muhim funksiyalarni buzilishi. Bunday vaziyatlarda organizmga miyada qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar yordamiga muhtoj.

     MIGSONBEST miya hujayralari va markaziy asab tizimini himoyalovchi o‘simliklardan tashkil topgan tabiiy kuchli manba hisoblanadi. Kuchli xotira funksiyasini saqlashda, tez fikrlashga va yaxshi aqliy qobiliyatni ishlashiga yordam beradi. MIGSONBEST biologik faol qo‘shimchasi tarkibidagi dorivor o‘simliklarning xususiyatlari:

— Gīnkgo ekstrakti: miyada qon aylanishini glyukoza va kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi, qon tomir tizimidagi aterosklerotik o‘zgarishlarning rivojlanishini to‘xtatadi va qariyalarda uyqu buzilishini bartaraf qiladi. Ginkgo ekstrakti yurak-qon tomir kasalliklari, gipertonik inqiroz va o‘sma kasalliklari xavfini kamaytiradi, organlarning qarish jarayonini sekinlashtiradi;

— Rhodiola rosea: hujayralarning yuqori energiyali molekulalarni ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi. Natijada, ko‘plab turdagi hujayralar mushak hujayralari, neyronlar va boshqalar uzoq vaqt davomida normal ishlashni davom ettirish uchun yetarli energiya oladi. Bundan tashqari, hujayraviy tiklanish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hujayralarga yetarli energiyaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Pushti Rodiola hujayralarni oksidlovchi shikastlanishdan, toksinlardan, gipotermiya yoki qizib ketish, infeksiyalar, kam miqdordagi kislorod va boshqa stress shakllaridan himoya qiladi. Pushti Rodiola turli sabablarga ko‘ra charchoq holatini, jumladan asabbuzarlik, haddan tashqari ko‘p ishlash, kasalliklar, uyqusizlikda yordam beradi;

— Mentha piperita L: spazmolitik, sedativ, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Gipertonik kasalliklarda, uyqusizlikda, yurak faoliyatini yaxshilashda qo‘llaniladi;

— Crataégus sanguínea: antispazmodik xususiyatlarga ega, koronar va miya tomirlarini tanlab kengaytiradi, venoz bosim darajasiga ta’sir qiladi va qon tomir devorlarining funksiyalarini yaxshilaydi. Ular aterosklerozga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega;

— Fructis rosae: Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,Ye,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi, tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik ta’sirga ega. Namatak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.