Diafort D3

Kaltsiy yetishmovchiligini davolash va oldini olish uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Nevrologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli
(1) Polivenilxlorid va alyuminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 10 dona kapsulalar, bir qutida 3 ta blistr (30 ta kapsula), (2) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi

Miqdori

Kalsiy korbanat

1250 mg

Kalsiyga ekvivalent elementlar

500 mg

Kolekalsiferol (vitamin D3)

10 mg

Magniy

50 mg

Preparatning ta'siri

Kal'siy va D vitaminini qabul qilish suyaklarda kal'siyning tanqisligi oqibatida yuz bergan va suyaklarning rezorbsiyasini oshishiga olib keluvchi paratireoid gormon (PTG) darajasini ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

D vitaminining tanqisligi qayd etilgan pasientlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalari 500 mg kal'siyning ikki tabletkasi / 400 XB D vitaminini olti oy davomida har kuni qabul qilish Dz vitaminining 25-gidroksil guruhi metaboliti ko‘rsatkichlarini normallashtirishini va ikkilamchi giperparatireozni va ishqoriy fosfatazani pasayishini ko‘rsatdi.

Kal'siy: So‘rilishi: Me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladigan kal'siyning miqdori, qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi va metabolizmi: Tanadagi 99% kal'siy suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘plangan. Qolgan 1% xujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliqda bo‘ladi. Qondagi kal'siyning umumiy miqdorini taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda bo‘ladi, ulardan taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% esa, oqsillar bilan, asosan al'buminlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Chiqarilishi: Kal'siy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kal'siyning buyrak kanallari fil'tratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq.

Kolekal'siferol (Vitamin D3): So‘rilishi: D3 vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi: kolekal'siferol va uning metabolitlari spesifik globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Kolekal'siferol jigarda gidroksil guruhini ajralib chiqishi yo‘li bilan 25-gidroksikolekal'siferolga aylanadi. So‘ngra buyrakda faol shakli

1,25 gidroksikolekal'siferolga aylanadi, 1,25-gidroksikolikal'siferol kal'siyni so‘rilishini oshishiga mas'ul bo‘lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan Dz vitamini yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi. Chiqarilishi: Dz vitamini axlat va siydik orqali chiqariladi.

Magniy: Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini va qo‘zg‘alishni nerv-mushak
bo‘ylab o‘tkazilishini pasaytiradi, Ko‘pchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy a'zolar va to‘qimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak to‘qimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.