Clinderm

Zararlangan to'qima membrana hujayralarini tiklashga yordam beradi

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Dermotologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Tabiiy o'simliklardan tarkib topgan, o’ziga xos xidli jigarrang tusdagi (biroz chukma va xira ko’rinishda bo’lishi mumkin) sprey. Ximoyalovchi plombali polietilen flakonda 100 ml qadoqlangan (1)- ximoyalovchi golografik yorliqli karton o’ramlar, (2) - Qo’llash uchun purkagich -dozator, (3) -Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.

PREPARATNING TARKIBI

Nomi

Ta’siri

Miqdori

Acorus calamus (Botqoq toshyorar ekstrakti)

Botqoq toshyorar o’simligi tarkibida taxminan 5% efir moyi mavjud bo’lib, ular bir qator organik

birikmalarni o’z ichiga oladi -azaron, b-kalamen (10%), kalamenon, kalamendiol, izokalamendiol…. Botqoq toshyorar ekstraktining asosiy ta’siri yallig‘lanishga qarshi bo’lib, qo’shimcha ravishda to’qimalarni qayta tiklash va granulyatsiya jarayonida qatnashadi. Tashqi vosita sifatida u yaralar, kuyishlar, kukarishlar, kontuziyalar, yallig‘langan frunkullarda ishlatiladi.

900mg

Quercus Pobur (Eman po’stlog‘i ekstrakti)

Eman po’stlog‘ining tarkibi 29% gacha bo’lgan tanin- bir qator shifobaxsh ta’sirlarni taminlaydi:

-Tuqimalarning yallig‘lanishini yengillashtiradi -Antibakterial ta’sirga ega (zararli bakteriyalar rivojlanishini bloklaydi) -ximoya qatlamini yaratadi va tuqimalarni tirnalishdan ximoya qiladi va shu bilan ularni tiklanishini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari kompazitsiyada kup miqdorda antibakterial moddalar mavjud, shuning uchun

eman daraxti po’stlog‘ida: biriktiruvchi ta’sir yani kompazitsiyani tashkil etuvchi moddalar to’qimalarni mustaxkamlashga yordam beradi. Shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi.

900mg

Herba hypericum L (Teshik dalachoy ekstrakti)

Teshik dalachoy tarkibida taninlar, efir moyi, b-sitosterin, triterpen saponinlar, S,E vitaminlari, flavanoidlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. U yengil antidepressant, sedativ va anksiolitik ta’sirga ega, shuningdek ovkat xazm kilish tizimiga, kon aylanishiga va umumiy tonik ta’sir kursatadi. Usimlikning antidepressant ta’siri uning faol moddalarining serrotonin va boshqa neyrotransmitterlarni qaytarib olish qobiliyatiga ega, shuningdek, melotonin metobolizmiga ta’sir qiladi.

900mg

Calendula officinalis (Dorivor Tirnoqgul ekstrakti)

Kalendula gullarida taxminan 3% karotenoidlar, flavanoidlar, saponinlar, efir moylari, katronlar, taninlar, organik kislotalar, fermentlar, vitamin S, alkoloidlar va boshqa birikmalar mavjud. U antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi.

1.5g

Matricaria chamomilla L (Dorivor moychechak guli ekstrakti)

Moychechak ekstrakti tarkibida S vitamini bilan birlashtirilgan flovonoidlar mavjud bo‘lib, terini atrof muxitdagi nojo’ya ta’sirlardan ximoya qiluvchi antioksidant kompleks xosil qiladi. Shuning uchun u yangi avlod dekorotiv kosmetika tarkibiga kiritilgan. Moychechak ekstrakti teridagi: yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, yumshatuvchi, og‘riq qoldiruvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi va yaralarni davolovchi ta’sirga ega.

1.8g

PREPARATNING TA’SIRI

KLINDERM 5 turdagi o’simlik ekstraktlarini o‘z ichiga olgan tabiiy gigienik vostita. KLINDERM -zamburug‘larga, mikroblarga va viruslarga qarshi kurashuvchi gigienik vosita bo’lib, terini xolatini normallashtiradi, sovutadi, tabiiy rN muvozanatini saqlaydi, teri gigienasini taminlaydi. «KLINDERM» yaralangan to’qimalarga intensiv ravishda shimiladi va uning tarkibiy qismlari majmuaviy immunokorreaktiv ta’sir kursatadi, yallig‘lanish jarayonlarini yengillashtirishda ifodalangan tabiiy manbalardan olingan antiseptik. Patogen mikrofloraga salbiy ta’sir kursatadi. Antioksidant: yalliglanish jarayonlarini keltirib chikaradigan erkin radikallar jarayonini tuxtatadi va tuqima membranasidagi yaralangan xujayralarni tiklashda yordam beradi. Shuningdek «KLINDERM» biriktiruvchi, koplovchi, singuvchi, terini tetiklashtiruvchi va yumshatuvchi xususiyatga ega bo’lib mikroblarga ,allergiyaga , zamburug‘larga qarshi ta’sir kursatadi.