Dergivim

Zararlangan to'qimaning membrana hujayralarini qayta tiklashga yordam beradi

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Dermotologiya
Qadoq turi:
Aralashma
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy oʼsimliklardan tarkib topgan, oʼziga xos xidli jigarrang tusdagi (biroz chukma va xira kӯrinishda bӯlishi mumkin) sprey. Ximoyalovchi plombali polietilen flakonda 100 ml qadoqlangan (1) - ximoyalovchi golografik yorliqli karton oʼramlar, (2) Qoʼllash uchun purkagich -dozator, (3) -Qo'llash bo'yicha yoʼriqnoma.

Preparatning tarkibi

Nomi

Ta'siri

Miqdori

Acorus calamus (Botqoq toshyorar ekstrakti)

Botqoq toshyorar oʼsimligi tarkibida taxminan 5% efir moyi mavjud bӯlib, ular bir qator organik birikmalarni ӯz ichiga oladi -azaron, b-kalamen (10%), kalamenon, kalamendiol, izokalamendiol… Botqoq toshyorar ekstraktining asosiy taʼsiri yalligʼlanishga qarshi bӯlib, qӯshimcha ravishda toʼqimalarni qayta tiklash va granulyatsiya jarayonida qatnashadi. Tashqi vosita sifatida u yaralar, kuyishlar, kukarishlar, kontuziyalar, yalligʼlangan furunkullarda ishlatiladi.

900mg

Quercus Pobur (Eman po'stlogi ekstrakti)

Eman po'stlogʼining tarkibi 29% gacha bӯlgan tanin- bir qator shifobaxsh taʼsirlarni taminlaydi:

-To'qimalarning yalligʼlanishini yengillashtiradi -Аntibakterial taʼsirga ega (zararli bakteriyalar rivojlanishini 900mgbloklaydi)

-ximoya qatlamini yaratadi va tuqimalarni

tirnalishdan ximoya qiladi va shu bilan ularni tiklanishini ragʼbatlantiradi. Bundan tashqari kompazitsiyada kup miqdorda antibakterial moddalar mavjud, shuning uchun eman daraxti pӯstlogʼida: biriktiruvchi taʼsir yani kompazitsiyani tashkil etuvchi moddalar tӯqimalarni mustaxkamlashga yordam beradi. Shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi.

900mg

Herba hypericum L (Toshik dalachoy ekstrakti)

flavanoidlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. U yengil antidepressant, sedativ va anksiolitik taʼsirga ega, shuningdek ovkat xazm kilish tizimiga, kon aylanishiga va umumiy tonik taʼsir kursatadi. Oʼsimlikning antidepressant taʼsiri uning faol moddalarining serrotonin va boshqa neyrotransmitterlarni qaytarib olish qobiliyatiga ega, shuningdek, melotonin metobolizmiga taʼsir qiladi.

900mg

Calendula officinalis (Dorivor Tirnoqgul ekstrakti)

Kalendula gullarida taxminan 3% karotenoidlar, flavanoidlar, saponinlar, efir moylari, katronlar, taninlar, organik kislotalar, fermentlar, vitamin S, alkoloidlar va boshqa birikmalar mavjud. U antiseptik va yalligʼlanishga qarshi vosita sifatida qoʼllaniladi.

1,5g

Matricaria chamomilla L (Dorivor moychechak guli ekstrakti)

Moychechak ekstrakti tarkibida S vitamini bilan birlashtirilgan flovonoidlar mavjud bӯlib, terini atrof muxitdagi nojӯya taʼsirlardan ximoya qiluvchi antioksidant kompleks xosil qiladi. Shuning uchun u yangi avlod dekorotiv kosmetika tarkibiga kiritilgan. Moychechak ekstrakti teridagi: yalligʼlanishga qarshi, allergiyaga qarshi, yumshatuvchi, ogʼriq qoldiruvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi va yaralarni davolovchi taʼsirga ega.

1,8g

Preparatning ta'siri
DERGIVIM 5 turdagi ӯsimlik ekstraktlarini ӯz ichiga olgan tabiiy gigienik vosita. DERGIVIM -zamburugʼlarga, mikroblarga va viruslarga qarshi kurashuvchi gigienik vosita bӯlib, terini xolatini normallashtiradi, sovutadi, tabiiy rN muvozanatini saqlaydi, teri gigienasini taminlaydi. «DERGIVIM» yaralangan tӯqimalarga intensiv ravishda shimiladi va uning tarkibiy qismlari majmuaviy immunokorreaktiv taʼsir kursatadi, yalligʼlanish jarayonlarini yengillashtirishda ifodalangan tabiiy manbalardan olingan antiseptik. Patogen mikrofloraga salbiy taʼsir kursatadi. Аntioksidant: yalliglanish jarayonlarini keltirib chikaradigan erkin radikallar jarayonini tuxtatadi va tuqima membranasidagi yaralangan xujayralarni tiklashda yordam beradi. Shuningdek «DERGIVIM» biriktiruvchi, koplovchi, singuvchi, terini tetiklashtiruvchi va yumshatuvchi xususiyatga ega boʼlib mikroblarga ,allergiyaga , zamburugʼlarga qarshi taʼsir kursatadi.