Alleran DB

Alergiyaga qarshi vosita

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Otorinolaringologiya
Qadoq turi:
Suyuq sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o`simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o`ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho`kma va xira ko`rinishda bo`lishi mumkin), suyuq sirop bo`lib, himoyalovchi plombali 200ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1)-himoyalovchi golografik yorliqli karton o`ramlar, (2)-me`yorlash qoshig`idozator, (3)-qo`llash bo`yicha yo`riqnoma.

Preparatning ta'siri

Preparat organizmga yallig'lanishga qarshi va tiklovchi ta'sir ko'rsatadi, qonni allergenlardan tozalaydi va ichki organlarning faoliyatini normallashtiradi:

— Immunitetni mustahkamlaydi;

— Organizmning allergenga chidamliligini oshiradi;

— Allergik reaktsiyalarda asosiy zararlanadigan jigarni himoya qiladi;

— Teridagi shish, qizarish, toshmalarni ketkazadi;

— Ko'z yoshi, burun oqishi va allergik reaktsiyalarning boshqa belgilari paydo bo'lishining oldini oladi;

— Siydik chiqarish tizimining faoliyatini normallashtiradi, organizmdan allergenlarni tez chiqarib tashlashga yordam beradi;

— Ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilaydi;

— Asab tizimining ishini normallashtiradi;

— Organizmni zarur vitaminlar va minerallar bilan ta'minlaydi.

Tarkibi

Farmokologik ta`siri

Miqdori

Hypericum L. (qizil-poycha ekstrakti)

Uning poyasi va gullarida uglevodlar, taninlar, qatronlar, antratsen hosilalari, flavonoidlar, triterpen saponinlar, antrakinonlar, karotinoidlar, nikotinik va askorbin kislotalar, E va P vitaminlari, xolin, seril spirti, alkaloidlar, mineral va boshqa biologik faol birikmalar. Xususiyatlari: antidepressant, yallig'lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, biriktiruvchi, gemostatik, tiklovchi, yaralarni davolash, diuretik va xoleretik ta'sirga ega. Yallig'lanishga qarshi va biriktiruvchi ta'sir o'simlik tarkibida taninlar mavjudligi bilan bog'liq. Boshqa faol elementlar bilan birgalikda ular sintetik antibiotiklarga chidamli bo'lgan ba'zi mikroblarni yo'q qiladi.

500mg

Equisetum arvense L. (Qirqbo`- g`im ekstrakti)

U siydik haydaydigan, qon to'xtatadigan, zaharlar kuchini kesadigan xossalarga ega ekanligi, yurak ishini quvvatlab, yaralarni bitishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Tarkibidagi silikat kislota biriktiruvchi to`qima va shilliq pardalar, qon tomirlar devorlaridagi moddalar almashinuvida, suyak to'qimasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Qirqbo'g'im suv-tuz almashinuvini normallashtirish, xolesterin, shuningdek allergenlarni organizmdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi. Qirqbo'g'im yuqoridagi kasalliklardan tashqari, gipertoniya kasalligi, aterosklerozda, qovuq va buyrak kasalliklarida, ovqat hazm qilish organlari kasalliklarida ham ishlatishga tavsiya etiladi.

400 mg

Matricaria chamo-milla L (Dorivor moyche-chak guli)

Moychechak ekstrakti tarkibida C vitamin bilan birlashtirilgan flavanoidlar mavjud. Antiseptik, antioksidant, allergiyaga qarshi, yumshatuvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi yallig`lanishga qarshi va og`riq qoldiruvchi ta'sir ko`rsatadi. Moychechakning shifobaxsh xususiyatlari yurak qisqarishini normallashtirish, asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatish, sezilarli intellektual stress, isteriya kasalliklari, nevrozlarga qarshi qo'llaniladi.

300mg

Roza canina (na`matak mevasi ekstrakti)

Uning tarkibida: vitamin C, provitamin A, K, P, E vitaminlari, shuningdek flavonoidlar, organik kislotalar, pektin moddalari, temir, marganets, fosfor, magniy, kaltsiy tuzlari saqlaydi. Ular umumiy mustahkamlovchi ta'sirga ega, organizmning zararli ta'sirlarga nisbatan o'ziga xos bo'lmagan qarshiligini rag'batlantiradi, to'qimalarni tiklashni tezlashtiradi, qon tomirlarining o'tkazuvchanligini kamaytiradi, uglevod va mineral almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega.

400 mg

Achilleae millefolii (mingyaproq ekstrakti)

U antibakterial xususiyatlarga ega va epidermisning yiringli yaralarini mukammal darajada davolaydi. Buni aralash va yog'li teriga, dermatit va allergik toshmalar bilan zararlangan paytda tavsiya etiladi. Bakteritsid, biriktiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan taninlar tufayli teriga tonus beradi, zararlangan terini tinchlantiradi.

300 mg

Mentha piperita (qalampiryalpiz ekstrakti)

Uning faol komponentlari retseptorlarni, asab va qon tomirlariga to`g`ridan to`g`ri ta`sir qiladi. Bunga javoban qon tomirlari kengayadi, bu esa og'riqning kuchayishini kamaytirishga yordam beradi.

400 mg