Lardoks

Og'iz bo'shlig'ining yuqumli va yallig'lanish kasalliklari uchun vosita

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Otorinolaringologiya
Qadoq turi:
Sprey
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o'simliklardan tarkib topgan o'ziga xos hidli jigarrang tusdagi (biroz cho'kma va xira ko'rinishda bo'lishi mumkin) sprey. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda 100 ml qadoqlangan (1)-himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ramlar, (2)-qo'llash uchun purkagich dozator, (3)-qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Tarkibi

Farmokologik ta'siri

Miqdori

Glycyrrhiza

glabra

(Qizilmiya ekstrakti)

Qizilmiya ekstrakti bo'shashtiruvchi, yallig'lanishni oldini oluvchi, biriktiruvchi, balg'am ko'chiruvchi va antiseptik xususiyatga ega. Qizilmiya ildiziga asoslangan antitussiv preparatlar bolalarda faol qo'llaniladi, chunki ular qusish bilan ko'ngil aynishi kabi nojo'ya ta'sirga ega emas. Qizilmiyaning biologik ta'siri: adaptogen, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, buyrak usti po'stlog'ini rag'batlantirish, detoksifikatsiya qilish, virusga qarshi, qon glyukoza darajasini normallashtirish va boshqalar.

2.5gr

Quercus pobur

(Emanpo'stlog'i ekstrakti)

Eman po'stlog'ining tarkibi 29% gacha bo'lgan tanin bir qator shifobaxsh tasirlarni taminlaydi:

-To'qimalarning yallig'lanishini yengilashtiradi. -antibakterial ta'sirga ega (zararli bakteriyalar rivojlanishini bloklaydi).

-to'qimalarda tiklanishini rag'batlantiradi, shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi.

-dezinfeksiyalovchi bakteritsit, burushturuvchi xususiyatlari bor.

500mg

Colendula

officinalis

(Tirnoq gul

ekstrakti)

Dorivor Tirnoqgul ekstrakti antiseptik, yiringlagan yaralarda, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati yallig'lanishida stomatitda, gingivitda, bodomsimon bez yallig'lanishida (faringit, tanzilit) dezinfeksion ta'sir ko'rsatadi va og'riq qoldiruvchi antioksidant, immunomodulyator ta'sirga xam ega. Ovoz yo'qolganda , yengil xirillashda yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi. Tarkibidagi efir moyi yallig'lanish kasalliklarida virus va mikroblarni yo'qotishda ta'sir ko'rsatib, mahalliy immunitetni ko'taradi va og'iz bo'shlig'idagi badbo'y hidni yo'qotadi.

500mg

Matricaria

chamomilla L (Dorivor moychechak

guli ekstrakti).

Moychechak ekstrakti tarkibida C vitamin bilan birlashtirilgan flavanoidlar mavjud. Antiseptik, antioksidant, allergiyaga qarshi,

yumshatuvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

500mg

Herba

hypericum L

(Teshik dalachoy ekstrakti)

Teshik dalachoy tarkibida taninlar, efir moyi, b-sitosterin, triterpen saponinlar, C, E vitaminlri, flovoniodlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. Teshik dalachoy vitamin C ga boy bo'lib kuchli polivitamin vosita hisoblanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Turli xil shamolashlarni, og'iz bo'shlig'l kasalliklarini, gaymoritni yengishga yordam beradi. Doimiy qichishtiradigan yo'talda tomoq shilliq qavatini tinchlantiradi, tomoqdagi noqulay xirillash alomatlarini bartaraf etadi.

500mg