Orlan DB

Og'iz bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llarining kasalliklari uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Otorinolaringologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o'simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o'ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho'kma va xira ko'rinishda bo'lishi mumkin), suyuq sirop bo'lib, himoyalovchi plombali 200ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1)-himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ramlar, (2)- me'yorlash qoshig'i-dozator, (3)-qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Tarkibi

Farmokologik ta'siri

Miqdori

Glycyrrhiza glabra

(Qizilmiya ekstrakti)

Qizilmiya ekstrakti bo'shashtiruvchi, yallig'lanishni oldini oluvchi, biriktiruvchi, balg'am ko'chiruvchi va antiseptik xususiyatga ega. Qizilmiya ildiziga asoslangan antitussiv preparatlar bolalarda faol qo'llaniladi, chunki ular qusish bilan ko'ngil aynishi kabi nojo'ya ta'sirga ega emas. Qizilmiyaning biologik ta'siri: adaptogen, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, buyrak usti po'stlog'ini rag'batlantirish, dezintoksikatsiya qilish, virusga qarshi, qondagi glyukoza darajasini

normallashtirish va boshqalar.

2,5gr

Quercus pobur

(Eman po'stlog'I ekstrakti)

Eman po'stlog'ining tarkibi 29% gacha bo'lgan tanin bir qator shifobaxsh ta'sirlarni ta'minlaydi:

-To'qimalarning yallig'lanishini yengillashtiradi.

-antibakterial ta'sirga ega (zararli bakteriyalar rivojlanishini bloklaydi).

-to'qimalarda tiklanishini rag'batlantiradi, shish va qizarishni kamaytirishga yordam beradi.

 -dezinfeksiyalovchi bakteritsit, burushturuvchi xususiyatlari bor.

50mg

Colendula officinalis

(Tirnoqgul ekstrakti)

Dorivor Tirnoqgul ekstrakti antiseptik, yiringlagan yaralarda, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati yallig'lanishida stomatitda, gingivitda, bodomsimon bez yallig'lanishida (faringit, tanzilit) dezinfeksion ta'sir ko'rsatadi va og'riq qoldiruvchi antioksidant, immunomodulyator ta'sirga xam ega. Ovoz yo'qolganda , yengil xirillashda yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi. Tarkibidagi efir moyi yallig'lanish kasalliklarida, virus va mikroblarni yo'qotishda ta'sir ko'rsatib, ma'halliy immunitetni ko'taradi va og'iz bo'shlig'idagi badbo'y hidni yo'qotadi.

500mg

Matricaria

chamomilla L

(Dorivor moychechak guli

ekstrakti)

Moychechak ekstrakti tarkibida C vitamin bilan birlashtirilgan flavanoidlar mavjud. Antiseptik, antioksidant, allergiyaga qarshi, yumshatuvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi, yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

500mg

Herba hypericum

L (Teshik dalachoy ekstrakti)

Teshik dalachoy tarkibida taninlar, efir moyi, b- sitosterin, triterpen saponinlar, C, E vitaminlari, flavonoidlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. Teshik dalachoy vitamin C ga boy bo'lib kuchli polivitamin vosita hisoblanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Turli xil shamollashlarni, og'iz bo'shlig'l kasalliklarini, gaymoritni yengishga yordam beradi. Doimiy qichishtiradigan yo talda tomoq shilliq qavatini tinchlantiradi, tomoqdagi noqulay xirillash alomatlarini bartaraf etadi.

500mg