Diastonliz
Siydik chiqarish tizimi kasalliklarini davolash va oldini olish uchun
- Tavsiya etiladi:
- Retseptsiz
- Turkumi:
- Urologiya
- Qadoq turi:
- Kapsula
- Sahifaga joylandi:
Tarkibi
Chiqarilish shakli
(1) Polivenilxlorid va aluminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 10 dona kapsulalar, bir qutida 3 ta blistr (30 ta kapsula), (2) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Preparatning ta'siri
Buyrak-tosh kasalligi organizmning umumiy kasalligi hisoblanadi. Organizmda modda almashinuvi (oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, minerallar) buzilishi natijasida buyrakda bitta yoki bir nechta toshchalar hosil bo‘lishi mumkin. Bular organizmning yashashi uchun juda muhim bo‘lgan buyrak ishini izdan chiqarib, kishi hayotini xavf ostida qoldiradi.
Bu kasallik buyrak kanalchalarida, kosasalarida yoki jomida tosh xosil bulishi bilan xarakterlanadi. Toshlar siydik tarkibiga kiruvchi tuzlardan tashkil topadi va siydik yullarining yuqori qismida joylashadi.
Buyrakdagi toshlarning turli xili bor. Bular urat, oksalat, fosfat toshlari, peshob suyuqligida shovul kislotasining ko‘payib ketishi natijasida cho‘kmalar paydo bo‘lishidan so‘ng kelib chiqadigan, shuningdek, kalsiy tuzining siydikda me’yordan ortiq ajralishi sababli paydo bo‘ladigan toshlar. DIASTONLIZ diuretik, antispazmodik, angioprotektiv, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial kompleks ta’sirga ega. DIASTONLIZ biologik faol qo‘shimchasi tarkibiga kiritilgan dorivor o‘simliklarning xususiyatlari:
— Extractum radicis glycchirizae: Qizilmiya ildizida glitsirizin (6-12% gacha), va uning tuzlari, flavon glikozidlar, izoflavanoidlar, gidroksikumarinlar, steroidlar, efir moylari mavjud. Glitsirizin kiprikli epiteliyning faolligini rag‘batlantiradi va siydik yo‘llarining shillik kavatlarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qizilmiya buyraklardagi 11-b- gidroksisteroid digidrogenaza fermentini cheklaydi, kortizolning kartizonga aylanishingng pasayishiga olib keladi. Kortizolning mineralokortikoid faolligi qon zardobida kaliy konsentratsiyasining pasayishi va natriy mikdrining oshishi bilan bog‘liq bӯlib, bu organizmda suyuqlikni ushlab turishga, vazn ortishiga va arterial gipertenziyaga olib keladi. Glitsirizin kislota va uning metobolitlari kortizolning pereferik metobolizmini cheklaydi va psevdoaldesteronga o‘xshash ta’sirga olib keladi. Silliq mushaklarga antispozmatik ta’sir kӯrsatadi.
— Herba hypericum L: Teshik dalachoy tarkibida taninlar, efir moyi, bsitosterin, triterpen saponinlar, S,Ye vitaminlari, flavanoidlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. U yengil antidepressant, sedativ va anksiolitik ta’sirga ega, shuningdek ovkat xazm kilish tizimiga, kon aylanishiga va umumiy tonik ta’sir kursatadi. Usimlikning antidepressant ta’siri uning fa’ol moddalarining serrotonin va boshqa neyrotransmitterlarni qaytarib olish qobiliyatiga ega, shuningdek, melotonin metobolizmiga ta’sir qiladi. antidepressant, neyroprotektiv, nootrop, anksiolitik faollik, antibakterial, sitostatik, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq koldiruvchi, gipoglikemik ta’sirga ega.
— Extractum herbae equisetii: siydik xaydaydigan, qon tӯxtatadigan, yallig‘lanishga qarshi ta’sir kӯrsatishi aniqlangan. Tarkibidagi kislotalar qatorida bӯladigan silikat kislota biriktiruvchi tӯqima va shilliq pardalar, qon tomirlar devoridagi moddalar almashinuvida muxim axamiyatga ega. Bundan tashkari, silikat birikmalar siydikda, siydik toshlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan kolloidlar xosil qiladi, o‘pka silida xam foyda beradi. Qirqbӯg‘im yuqoridagi kasalliklardan tashqari, gipertoniya kasalligi, aterosklerozda, qovuq va buyrak kasalliklarida, jigar va xazm qilish organlari kasalliklarida xam ishlatiladi.
— Extractum fructus rosae: Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,Ye,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi, tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning ӯtkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik ta’sirga ega. Na’matak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.
— Acorus calamus: Botqoq toshyorar ӯsimligi tarkibida taxminan 5% efir moyi mavjud bӯlib, ular bir qator organik birikmalarni ӯz ichiga oladi -azaron, b-kalamen (10%), kalamenon, kalamendiol, izokalamendiol…. Botqoq toshyorar ekstraktining asosiy ta’siri yallig‘lanishga qarshi bӯlib, qӯshimcha ravishda tӯqimalarni qayta tiklash va granulyatsiya jarayonida qatnashadi. Botqoq toshyorari spazmoltik, yalliglanishga karshi ta’sir kursatadi. Siydik xaydash xususiyatiga ega. Buyrak toshi kasalligida turli tarkibdagi toshlarning kuchishiga yordam beradi, tuz almashinuvini meyorlashtiradi.
Qo'llanma
Qo'llanilishi
— Buyrak va siydik yo‘llarining surunkali shamollash kasalliklari(pielonefrit, pielit, sistit, uretrit, prostatit);
— Siydik-tosh kasalligi;
— Safro-tosh kasalligi , xolesistitlar, xolangitlar; Xomiladorlar pielonefriti;
— Nordon siydik diatezi;
— Tuz minerallar almashinuvi bilan bog‘lik kasalliklar (osteoxondroz, podagra, nospesifik artritlar);
— Preparatni buyrak toshini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan yoki ularning mustaqil ko‘chishidan keyingi davrlarda ham tavsiya etiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud bo‘lsa.
Qo'llash usuli va dozalari
Davolash kursining davomiyligi va preparatning dozasi davolovchi shifokor tomonidan har bir bemor uchun individual ravishda belgilanadi. Preparat ovkatdan keyin qo‘llaniladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 2marta 1 kapsuladan buyuriladi, 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga kuniga Zmarta 1 kapsuladan buyuriladi.
Maxsus ko'rsatma
Preparatni kabul kilishdan oldin, chaykating. Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
Nojo'ya ta'siri
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud. Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash va shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparatning me'yordan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me’yordan ortiq ishlatilishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 С-dan +25°С-gacha haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati - 24 oy


