Sollizin

Buyraklar va siydik yoʼllarining funktsional holatini saqlab qolish uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Urologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Prepаrаtini qoʼllаsh boʼyichа yoʼriqnomа chiqаrilish shаkli
Tabiiy oʼsimliklar ekstraktidan tarkib topgan, oʼziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz choʼkma va xira koʼrinish boʼlishi mumkin), suyuq sirop boʼlib, himoyalovchi plombali 200 ml hajmatdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton oʼramlar, (2) - meʼyorlash qoshigʼi - dozator, (3) - qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma.

TАRKIBI

10ml siropda quyidagi miqdorda saqlanadi:

Glycerrhizae radikis ekstract (Qizilmiya ildizi ekstrakti)

300 mg

Herba hypericum L (Teshik dalachoy ekstrakti)

200 mg

Equisetum arvense L. (Qirqboʼgʼim estrakti)

200 mg

S. Hirculus L. (Botkok toshyorari)

50 mg

Fructus Rosae (Namatak ekstrakti)

100 mg

PREPАRАTNING TА'SIRI
Buyrak-tosh kasalligi organizmning umumiy kasalligi hisoblanadi. Organizmda modda almashinuvi (oqsillar, uglevodlar, yogʼlar, minerallar) buzilishi natijasida buyrakda bitta yoki bir nechta toshchalar hosil boʼlishi mumkin. Bular organizmning yashashi uchun juda muhim boʼlgan buyrak ishini izdan chiqarib, kishi hayotini xavf ostida qoldiradi.
Bu kasallik buyrak kanalchalarida, kosachalarida yoki jomida tosh xosil bulishi bilan xarakterlanadi. Toshlar siydik tarkibiga kiruvchi tuzlardan tashkil topadi va siydik yullarining yuqori qismida joylashadi.
Buyrakdagi toshlarning turli xili bor. Bular urat, oksalat, fosfat toshlari, peshob suyuqligida shovul kislotasining koʼpayib ketishi natijasida choʼkmalar paydo boʼlishidan soʼng kelib chiqadigan, shuningdek, kalьtsiy tuzining siydikda meʼyordan ortiq ajralishi sababli paydo boʼladigan toshlar.
SOLLIZIN diuretik, antispazmodik, angioprotektiv, yalligʼlanishga qarshi va antibakterial kompleks taʼsirga ega. SOLLIZIN biologik faol qoʼshimchasi tarkibiga kiritilgan dorivor oʼsimliklarning xususiyatlari:
Qizilmiya ildizi ekstrakti. Qizilmiya ildizida glitsirizin (6-12% gacha), va uning tuzlari, flavon glikozidlar, izoflavanoidlar, gidroksikumarinlar, steroidlar, efir moylari mavjud. Glitsirizin kiprikli epiteliyning faolligini ragʼbatlantiradi va siydik yӯllarining shillik kavatlarining sekretor funktsiyasini kuchaytiradi. Yalligʼlanishga qarshi taʼsirga ega, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qizilmiya buyraklardagi 11-b- gidroksisteroid digidrogenaza fermentini cheklaydi, kortizolning kartizonga aylanishining pasayishiga olib keladi. Kortizolning mineralokortikoid faolligi qon zardobida kaliy konsentratsiyasining pasayishi va natriy mikdorining oshishi bilan bogʼliq bӯlib, bu organizmda suyuqlikni ushlab turishga, vazn ortishiga va arterial gipertenziyaga olib keladi. Glitsirizin kislota va uning
metobolitlari kortizolning pereferik metobolizmini cheklaydi va psevdoaldesteronga ӯxshash taʼsirga olib keladi. Silliq mushaklarga antispozmatik taʼsir kӯrsatadi.

Teshik dalachoy ekstrakti antidepressant, neyroprotektiv, nootrop,anktsiolitik faollik, antibakterial, sitostatik, yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq koldiruvchi, gipoglikemik taʼsirga ega. Qirqboʼgʼim estrakti siydik xaydaydigan, qon tӯxtatadigan, yalligʼlanishga qarshi taʼsir kӯrsatishi aniqlangan. Tarkibidagi kislotalar qatorida bӯladigan silikat kislota biriktiruvchi tӯqima va shilliq pardalar, qon tomirlar devoridagi moddalar almashinuvida muxim axamiyatga ega. Bundan tashkari, silikat birikmalar siydikda, siydik toshlari paydo bӯlishiga yӯl qӯymaydigan kolloidlar xosil qiladi, ӯpka silida xam foyda beradi. Qirqbӯgʼim yuqoridagi kasalliklardan tashqari, gipertoniya kasalligi, aterosklerozda, qovuq va buyrak kasalliklarida, jigar va xazm qilish organlari kasalliklarida xam ishlatiladi.
Botkok toshyorari. Uning tarkibida taxminan 5% efir moyi mavjud bӯlib, ular bir qator organik birikmalarni ӯz ichiga oladi -azaron, b-kalamen (10%), kalamenon, kalamendiol, izokalamendiol…
Ekstraktining asosiy taʼsiri yalligʼlanishga qarshi bӯlib, qӯshimcha ravishda tӯqimalarni qayta tiklash va granulyatsiya jarayonida qatnashadi. Bu maьlum bir antispazmotik taʼsirga ega ekanligi va oʼsimlik ildizpoyalarida terpenoidlar (proazulen, azaron) mavjudligi sababli bakterostatik va yalligʼlanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligi ekspremental ravishda isbotlangan va bundan tashkari ӯt pufagining tonusiga foydali taʼsir kӯrsatadi, safro sekretsiyasini va diurezni oshiradi.
Namatak ekstrakti. Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,E,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi, tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning oʼtkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yalligʼlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik taʼsirga ega. Namatak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.