Biz haqimizda

O'zbekiston Respublikasida dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlab chiqarish sohasida juda katta imkoniyatlar berilayotgani sabab 2022-yilda «DIAMOND BRAVE WORLD PHARM» kompaniyasiga asos solindi. Kompaniya G'ayratov Qo'rg'on Qo'chqorovich va Muxtorova Shaxnoza Baxronovna tomonidan tashkil etilgan bo'lib, hozirda O'zbekiston farmatsevtika bozoriga jadal kirib bormoqda.

Biz haqimizda
Bizning maqsadimiz

«DIAMOND BRAVE WORLD PHARM» bugungi kunda biologik faol qo'shimchalar ishlab chiqarishda mahalliy farmatsevtika bozorining yetakchilaridan biri hisoblanib, iste'molchilarning sog'lig'i va talablariga javob beradigan zamonaviy, sifatli va arzon ozuqaviy qo'shimchalarni yetkazib berishda faol xizmat ko'rsatib kelmoqda. Kompaniya dorivor o'simliklarni qayta ishlashda Abu Ali ibn Sino singari buyuk allomalar merosi va hozirgi fan yutuqlari asosidagi mukammal texnologiyalar uyg'unligida biologik faol qo'shimchalar ishlab chiqaradi va ularning marketingi bilan shug'ullanadi. Kelgusida kompaniya o'zi ishlab chiqaradigan mahsulotlar sonini ko'paytirish hamda Markaziy Osiyo va Osiyoning boshqa davlatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Bizning vazifamiz

Insonlarni yanada sog'lomroq yashashlari uchun innovatsion bio-faol mahsulotlarni taklif qilish hamda mas'uliyat, tezlik va jamoaviy mehnat orqali mahsulotlarimizni hamyonbop narxlarda yetkazib berish.

Bizning vazifamiz
Bizning maqsadimiz

Bizning maqsadimiz

«DIAMOND BRAVE WORLD PHARM» sifatli hamda samarali davolashni ta'minlovchi zamonaviy biologik faol qo'shimchalarning keng turini taklif etadi. Bugungi kunda kompaniyaning mahsulot portfeli 30 dan ortiq. Mahsulotlar O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida sotuvga chiqarilgan.