Detriakso
ortib borayotgan asabiylikni pasaytiradi, xotirani mustahkamlaydi
- Tavsiya etiladi:
- Retseptsiz
- Turkumi:
- Nevrologiya
- Qadoq turi:
- Sirop
- Sahifaga joylandi:
Tarkibi
Tabiiy oʼsimliklar ekstraktidan tarkib topgan, oʼziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz choʼkma va xira koʼrinish boʼlishi mumkin), suyuk sirop boʼlib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton oʼramlar, (2) - meʼyorlash qoshigʼi - dozator, (3) - qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma.
PREPАRАTNING TА'SIRI
Miyaning normal ishlashining asosiy shartlaridan biri ushbu muhim organni yetarli miqdorda qon bilan doimiy taʼminlashdir. Miyaning turli qismlarida dam olish va ish holatida qon aylanishining maʼlum bir darajasini taʼminlash kerak. Аgar bu jarayonlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, inson salomatligi muammolarga uchraydi: bosh ogʼrigʼi va bosh aylanishidan hush yoʼqotishgacha va hayotiy muhim funktsiyalarni buzilishi. Bunday vaziyatlarda organizmga miyada qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan qoʼshimchalar yordamiga muhtoj.
DETRIАKSO miya hujayralari va markaziy asab tizimini himoyalovchi oʼsimliklar tabiiy qismlarining kuchli manbai hisoblanadi. Mahsulot kuchli xotira funktsiyasini saqlashda, tez fikrlashga va yaxshi aqliy qobiliyatni ishlashiga yordam beradi.
DETRIАKSO biologik faol qoʼshimchasi tarkibidagi dorivor oʼsimliklarning xususiyatlari:
Valeriána officinális: markaziy asab tizimi orqali toʼgʼridan toʼgʼri yurakning mushak va oʼtkazuvchan tizimiga taʼsir koʼrsatib yurak faoliyatini tartibga soladi, tarkibidagi borneolning yurak tomirlariga bevosita taʼsiri tufayli koronar qon aylanishini yaxshilaydi.
Gīnkgo ekstrakti: miya va miya qon aylanishini glyukoza va kislorod bilan taʼminlashni yaxshilaydi, qon tomir tizimidagi aterosklerotik oʼzgarishlarning rivojlanishini toʼxtatadi va qariyalarda uyqu buzilishini bartaraf qiladi. Ginkgo ekstrakti yurak-qon tomir kasalliklari, gipertonik inqiroz va oʼsma kasalliklari xavfini kamaytiradi, organlarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Rhodiola rosea: hujayralarning yuqori energiyali molekulalarini ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi. Natijada, koʼplab turdagi hujayralar mushak hujayralari, neyronlar va boshqalar uzoq vaqt davomida normal ishlashni davom ettirish uchun yetarli energiya oladi. Bundan tashqari, hujayraviy tiklanish mexanizmlarini qoʼllab-quvvatlash uchun hujayralarga yetarli energiyaga ega boʼladi. Bundan tashqari, Pushti Rodiola hujayralarni oksidlovchi shikastlanishdan, toksinlardan, gipotermiya yoki qizib ketish, infektsiyalar, kam miqdordagi kislorod va boshqa stress shakllaridan himoya qiladi. Pushti Rodiola turli sabablarga koʼra charchoq holatini, jumladan asabbuzarlik, haddan tashqari koʼp ishlash, kasalliklar, uyqu etishmasligi susayishiga yordam beradi. Mentha piperita L: spazmolitik, sedativ, yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Gipertonik kasalliklarda, uyqusizlikda, yurak faoliyatini yaxshilashda qoʼllaniladi.
Crataégus sanguínea: antispazmodik xususiyatlarga ega, koronar va miya tomirlarini tanlab kengaytiradi, venoz bosim darajasiga taʼsir qiladi va qon tomir devorlarining funktsiyalarini yaxshilaydi. Ular aterosklerozga qarshi va tinchlantiruvchi taʼsirga ega.
Fructis rosae: Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,E,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi, tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning oʼtkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yalligʼlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik taʼsirga ega. Namatak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.
Qo'llanma
QOʼLLАNILISHI DETRIАKSO quyidagi sharoitlarda miya qon aylanishini yaxshilash va miya hujayralarini himoya qilishga yordam beradigan vitamin va minerallar manbai sifatida tavsiya etiladi:
- xotira va aqliy faoliyatning pasayishida uyqu buzilishida
-miya trombozi xavfi yuqori boʼlganda (insult)
-quloqda shovqin eshitilishi va bosh aylanishida
-diqqatni oshirish, parishonxotirlikni kamaytirishda
-bosh miya shikastlanishining oqibatlarida
-barmoqlar va oyoq barmoqlarining muzlashida
-insult, yurak xurujidan keyin miya hujayralarini tiklashda
-yoshlarda diqqatni va xotirani yaxshilashda
-charchoq, tushkunlik, asabiy holatlar va bosh ogʼrigʼini bartaraf etish uchun
-klimakterik sindromda.
-bosh miya qon aylanishining buzulishida
-bosh miya tomirlar tonusining susayishida
-nevroz, nevrasteniyada
QOʼLLАSH MUMKIN BOʼLMАGАN HOLАTLАR
Preparatning baʼzi tarkibiy qismlariga organizm taʼsirchanligi yuqori boʼlgan holatlarda allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud boʼlsa.
QOʼLLАSH USULI VА DOZАLАRI
Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi vrach tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Preparat ogʼiz orqali qabul qilish uchun moʼljallangan.
3 yoshgacha boʼlgan bolalar kuniga 2 marta 1,0 - 2,5 mldan; 4 yoshdan 12 yoshgacha boʼlgan bolalar kuniga 3 marta 3,0-5,0 mldan; Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar, kuniga 3 marta 5,0-7,5 mldan. Preparat ovqatdan 5-10 daqiqa oldin qabul qilinadi.
MАXSUS KOʼRSАTMА
Preparatni qoʼllashdan oldin, chayqating. Flakon ochilgandan soʼng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
NOJOʼYA TА'SIRI
Preparatning baʼzi tarkibiy qismlariga organizm taʼsirchanligi yuqori boʼlgan holatlarda allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud. Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qoʼllashdan toʼxtash va shifokorga murojaat qilish kerak.
PREPАRАTNING ME'YORIDАN ORTIQ QАBUL QILINISHI
Preparatni meʼyordan ortiq ishlatilishi oqibatida paydo boʼladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
BOShQА PREPАRАTLАR BILАN OʼZАRO TА'SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qoʼllanilganda nojoʼya taʼsiri aniqlanmagan.
SАQLАSH ShАROITI VА YAROQLILIK MUDDАTI
Preparat bolalar qoʼli yetmaydigan, yorugʼlikdan himoyalangan joyda +2°S do +25°S haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati - 24 oy.
Ishlab chiqaruvchi: «AVITSENNA MED PHARM» MChJ Eksklyuziv distribyutor: «DIAMOND BRAVE WORLD PHARM» MChJ Samarqand viloyati, Samarqand shaxri Ibn Xoldun koʼchasi 1. Tel: +998 88 521 88 86


