In-flora DB

Bolalar uchun probiyotiklar

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Gastroenterologiya
Qadoq turi:
Paketcha
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

1.0 gr dan kukun paketlarda, 400mg dan kapsulalarda.

Tarkibi

Ta'sir etuvchi moddalar: PL bifidobakteriyalardan majmua:

- Bifidobacterium longum 17x-son shtamm,

- Propionibacterium avidum

Laktobakteriyadan majmua:

- Lactobacillus asidophilum 180-son shtamm

- Lactobacillus bulgaricum 176-son shtamm

- Streptococcus diasetillactis 64-son shtamm

- Streptococcus termophilus 108-son shtamm

400 mg kapsulada kamida 10x10° KOE. Bitta sasheda 10x10" KOE. Yordamchi moddalar: maltodekstrim.

Farmakologik xususiyatlari

"IN-FLORA DB" -probiotik, ichak mikroflorasini normallashtiradi va mo tadil immunitetni kuchaytiruvchi ta'sirga ega. Ushbu samaralar normal ichak mikroflorasi vakillari xisoblangan va preparat tarkibida bo'lgan bifidobakteriyalar bilan taminlanadi.

Biokimyoviy xususiyatlari:"IN-FLORA DB" biomajmuasining biologic samarasi lakto va bifido bakteriyalarning xususiyatlari bilan taminlanadi, ular tabily istiqomat qiluvchi sifatida ichakda tez kolonizatsiya qilish xususiyati bilan farqlanadi va pathogen mikroblarning o'sishiga to'sqinlik qiluvchi muhitni yaratadi. Lakto va bifidobakteriyalar shartli -patogen mikroorganizmlar va ularning toksinlari ta'siridan ichak shilliq qavatini himoya qilishadi, interferon hosil bo'lishini rag'batlantirishadi, shu orqali mahalliy va umumiy immunitetni mustahkamlashadi. Bir vaqtning o'zida laktobakteriyalar va ichak mikroflorasi tarkibidagi boshqa mikroorganizmlar populyatsiyalarining sonini qayta tiklaydi, vitaminlar sintezini rag'batlantiradi.

Farmakologik ta'siri va samaralari

"IN-FLORA DB" quydagi samaralarni ko'rsatadi:

-Ichakda patogen yoki - shartli patogen bakteriyalar, zamburug'lar o'sishi, viruslarning o'sishi, ko'payishini, disbakteriozni bartaraf qiladi.

-Normal va patogen mikroorganizmlar o'rtasidagi muvozanatni yaxshilash, disbakterioz retsidivining oldini olish.

-K vitamini, biotin, niatsin va foliy kislotasining yetarli miqdorda ishlab chiqarilishini taminlash.

-Ovqat hazm qilishni yaxshilash va normalashtirish (ich ketish, qabziyat, qorin damlanishi, meteorizmni bartaraf qilish).

-Antibiotiklarni qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini normallashtirish.

-O'tkir ichak infeksiyasi bilan bog'liq diareyani bartaraf qilish.