Interkom
Qorin bo'shlig'ining shishishiga qarshi vosita
- Tavsiya etiladi:
- Retseptsiz
- Turkumi:
- Gastroenterologiya
- Qadoq turi:
- Sirop
- Sahifaga joylandi:
Tarkibi
Chiqarilish shakli
Interkom suyuq sirop bo'lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi orginal flakonlarda qadoqlangan: (1) himoyalovchi galografik yorliqli karton o'ramlar, (2) me'yorlash qoshig'i - dozator, (3) - qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.Interkom suyuq sirop bo'lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi orginal flakonlarda qadoqlangan: (1) himoyalovchi galografik yorliqli karton o'ramlar, (2) me'yorlash qoshig'i - dozator, (3) - qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Qo'llanma
Qo'llanilishi
INTERKOM biologik faol qo'shimchasi quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
-alimentar gaz hosil bo'lishini yo'q qilish ;
- ovqat hazm qilishning buzulishi (ichak va oshqozon funksiyalarini tiklaydi);
- ichaklarda ortiqcha gaz to'planishini yo'q qiladi;
- ichak normal mikroflorasini tartibga soladi;
- chaqaloqlarda va emizikli bolalarda ichak sanchiqlari, qorinda gaz to'planishini bartaraf qiladi;
- jarrohlik amaliyotlaridan keyingi meteorizmda ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ayrim tarkibiy qismlariga individual intolerans.
Qo'llash usuli va dozalari
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi vrach tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Meteorizm va sanchiqlarda:
Yuvish vositalari bilan zaharlanganda: zaharlanish darajasiga ko'ra, kattalarga - 5,0-10 ml.dan, bolalalarga - 1,0-5,0 ml.dan tavsiya qilish mumkin. Preparat ovqatlanishdan 5-10 daqiqa oldin qabul qilinadi.
Maxsus ko'rsatma
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating. Flakon ochilgandan so'ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
Nojo'ya ta'siri
Preparatning ba'zi tarkibiy ingradientlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo'lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holatlari kuzatilsa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi
Preparatni meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo'ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilaganda nojo'ya ta'siri aniqlanmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati
Preparat bolalar qo'li etmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda+2°C-dan +25°C-gacha haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati - 24 oy.


