Livarsen DB
Gipotoprotektor, jigar va o't pufagi faoliyatini normallantiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
- Tavsiya etiladi:
- Retseptsiz
- Turkumi:
- Gastroenterologiya
- Qadoq turi:
- Sirop
- Sahifaga joylandi:
Tarkibi
Chiqarilish shakli
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinishda bo‘lishi mumkin) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 200 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) - me'yorlash qoshig‘i - dozator, (3) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Preparatning ta'siri
Preparat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi. Jigar to‘qimalariga toksinlarning ta'sirini pasaytiradi va safro xaydash yo‘llarining diskineziyasi alomatlarini bartaraf etadi. Ishtaxani va ovkat xazm qilish faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Safro xaydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik xaydash xususiyatiga ega. Livarsen DB biologik faol qo‘shimchasi tarkibidagi dorivor
O‘simliklarning xususiyatlari:
— Sílybum mariánum L.: Rastoropsha ekstrakti jigaringizning ishonchli ximoyachisidir! Rastoropshada flavonoidlarning noyob birikmasi silymarin deb ataladi. Silimarin murakkab tabiiy birikmalardan biri bo‘lib, jigar xujayralarini ximoya qiladi va uning funksiyalarini saqlashda yordam beradi. Silimarinning asosiy tarkibiy qismlari: silibin A, silibin B, izosilibin A, izosilibin B, silikristin, izosilixristin, silydianin, taxifolin xisoblanadi. Silimarinning asosiy vazifasi turli o‘tkir va surunkali patologik sharoitlarda jigar faoliyatini normallashtirish, jigar xujayralarining yangilanishini tezlashtirish, jigarni alkogol, sigaret tutuni, giyoxvand moddalar, erkin radikallar, toksik moddalarning zararli ta'siridan ximoya
qilish.
— Hilichrysum Arenarium L.: Safro sekresiyasini, o‘t pufagining yaxshi ishlashini rag‘batlantiradi, bilirubin miqdorini va safro kislotalari konsentratsiyasini kamaytiradi. Jigar xajmini kamaytirishga, shuningdek meteorizm, jigarda og‘riq va qusishni to‘xtatishga yordam beradi. Ichak mushaklari, o‘t yo‘llari va qon tomirlarining spazmlarini bartaraf etishga yordam beradi. Bundan tashqari antibakterial xususiyatlari stafilokokklar va streptokokklarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, oshqozondagi og‘irlikni va o‘t pufagi soxasidagi og‘riqni yengillashtiradi, u qusishga qarshi dori sifatida juda yaxshi qo‘llaniladi va antigelmentik vosita, shuningdek qonni tozalash vositasi sifatida ishlatiladi.
— Achillea millefolium L.: Oshqozon shirasini ishlab chiqarilishini, oshqozon funksiyasini yaxshilaydi. Ta'm bilish reseptorlarini qo‘zg‘atadi va rag‘batlantiradi. Safro yo‘llarini kengaytiradi va sekresiyasini kuchaytiradi. Ichaklar spazmini yo‘qotishga yordam beradi va og‘riqni kamaytiradi.
— Herba Hypericum L.: Asosiy faol moddalari giperisiddir. A tipidagi monoamin oksidaza va kamroq darajada B tipidagi faollikni bloklaydi, buning natijasida u anksiolitik ta'sirga ega bo‘ladi. Benzodiazepin reseptorlari bilan bog‘lanib, sedativ ta'sirga ega. Serotonin, dopamin va norepinefrining qayta qabul qilinishini bloklaydi, buning natijasida u antidepressant ta'sirga ega. Kayfiyatni yaxshilaydi uyquni normallashtiradi, jismoniy va aqliy faoliyatni oshiradi.
— Mentha Piperita L.: Yallig‘lanish bilan bog‘liq va og‘riqli xislar bilan kechadigan ko‘ngil aynishi, qusish va diareya uchun ishlatiladi. O‘t pufagi va jigar kasalliklarida esa xoleritik vosita sifatida ishlatiladi.
— Matricaria Chamomilla L.: Tarkibida efir moylari - levomenol, bisabolol oksidi A, bisabolol oksidi B, kamazulen, spatulenol; flavanoidlar - Flovanoid glikozidlar, flavanol glikozidlar, aglikonlar, shu jumladan quersetin, isorxamnetin, patuletin, iakedinem, krizospenol, krizosplenetin; gidroksikumarinlar, ramanogalakturonlar bor.
Pepsinning proteolitik faolligini pasaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Kamazulin va efir moylari mavjudligi tufayli u lipid peroksidasiyasini bloklaydi, bu esa antioksidant ta'sirga olib keladi. Spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial ta'sirga ega. To‘qimalarni qayta tiklash jarayonlarini yaxshilaydi.
— Origanum tytthantum Gontsh.: Gepatoprotektiv xususiyatga ega bo‘lib, o‘t
yo‘llari diskineziyasini, ovqat xazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari kayfiyatni yaxshilash, tashvish, depressiyani davolashda xam ishlatiladi. Foydali ta'siri asosan: polifenollar, flavan glikozidlari, taninlar va antioksidant ta'sirga ega vitaminlar, minerallarning yuqori konsentratsiyasi kabi komponentlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari tarkibida juda ko‘p efir moyi mavjud bo‘lib, uning organizmning a'zolari va to‘qimalariga asosiy ta'sirini tashkil etuvchi biologik faol komponentdir.
Qo'llanma
Qo‘llanilishi
- O‘tkir va surunkali virusli gepatitlarda;
- Turli etilogiyali o‘tkir va surunkali (dorivor, alkogol, toksik…) gepatitlarda.
- Yog‘li gepatoz;
- O‘t yo‘llari diskineziyasida;
- Jigar sirrozida va serroz oldi xolatlarida;
- Anoreksiyada;
- Toksik jigar shikastlanishining oldini olish (antibiotiklar, silga qarshi dorilar, antipiretitlar).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ba'zi tarkibiy ingredientlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan yakka tartibda belgilanadi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kuniga 2.5-5 ml dan 3 mahal.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kuniga 5 - 10 ml dan 3 mahal. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 10 ml dan 3 mahal qabul qilinadi
Preparat ovqatdan 10-15daqiqa oldin qabul qilinadi. MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni kabul kilishdan oldin, chaykating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin!
Nojo‘ya ta'siri
Preparatning ba'zi tarkibiy ingredientlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni kabul kilishni to‘xtatish kerak.
Preparatning me'yordan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me'yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta'siri aniqlanmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati - 24 oy.


