Oxyblood

Antianemik vosita

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Kardiologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Tabiiy oʼsimliklar ekstraktidan tarkib topgan, oʼziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz choʼkma va xira koʼrinish boʼlishi mumkin), suyuq sirop boʼlib, himoyalovchi plombali 200 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton oʼramlar, (2) - meʼyorlash qoshigʼi - dozator, (3) - qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma.

Tarkibi

Mikdori

Temir (III) gidroksid polimaltozat (40mg temirga teng)

160мг

Fructus Rosae extracti (Namatak ekstrakti)

100мг

Beta vulgaris L. (Lavlagi ekstrakti)

200мг

PREPАRАTNING TА'SIRI
Аnemiya - klinik va gematologik sindrom boʼlib, u qondagi gemoglobin miqdorining kamayishi natijasida rivojlanadigan toʼqimalarning gipoksiyasiga asoslangan. Аnemiyaning sababi uchta omildan biri yoki ularning kombinatsiyasi boʼlishi mumkin: kuchli qon yoʼqotish, qizil qon hujayralarining yetarli darajada shakllanmasligi yoki ularning yoʼq qilinishining kuchayishi. Аnemiyalar orasida temir tanqisligi kamqonligi yetakchi oʼrinni egallaydi, yaʼni bu ayollarda 90% gacha, erkaklarda esa 80% gacha uchraydi. OKSIBLUD biologik faol qoʼshimchasi tarkibi quyidagi xususiyatlarga ega:

Temir (III) gidroksid polimalьtozat: Ogʼiz orqali qabul qilingandan keyin sӯrilish darajasi temir tanqisligi darajasiga (tanqisligi qanchalik katta boʼlsa, soʼrilish shunchalik yuqori boʼladi va preparatning dozasiga bogʼliq. Аsosan oʼn ikki barmoqli ichak va ingichka ichakda soʼriladi. Soʼrilmagan qismi najas bilan chiqariladi. Temir (III) gidroksidning koʼp yadroli markazlari tashqi tomondan kovalent bogʼlanmagan koʼplab polimaltoza malekulalari bilan oʼralgan boʼlib, umumiy malekulyar ogʼirligi 50 ming dalton boʼlgan kompleksni xosil qiladi, bu juda kattaki, uning ichak shilliq qavati membranalari orqali tarqalishi taxminan 40 baravar kam. Ushbu makro malekulyar kompleks barqaror, temirni erkin ionlar shaklida ajratmaydi va tuzilishi jixatidan temir va ferritining tabiiy birikmasiga oʼxshaydi. Ushbu oʼxshashlik tufayli ichakdan Fe3+ ionlari qon oqimiga faqat faol soʼrilish yoʼli bilan kiradi,bu oddiy temir tuzlaridan farqli oʼlarok, ularning soʼrilishi konsentratsiya gradienti boʼylab sodir boʼladigan dozani oshirib yuborish (va intoksikatsiya) mumkin emasligini tushuntiradi. Soʼrilgan temir ferritin bilan bogʼliq shaklda, asosan jigarda toʼplanadi. Keyinchalik, suyak iligida u gemoglabinga qoʼshiladi. Polimaltoza kompleksining Fe3+ gidrooksidi tarkibiga kiruvchi temir prooksidant xususiyatlariga ega emas.

L: Lavlagi ekstrakti kaliy, fosfor, natriy, temir,

magniy shakar va A,V,S va V8 (Biotin) vitaminlariga boy bo‘lib, ular insulin sekresiyasini rag‘batlantirishi, glyukozani normallashtirishi va betainni (Betain) zararsizlantirishga yordam beradi, bu safro sekresiyasini tezlashtirishi mumkin. Lavlagi ekstraktining afzalliklari: diuretik ta’sir, qonni tozalash, Folatning yaxshi tabiiy manbai (Vitamin V9 tabiiy folli kislotasi deb xam nomlanadi), Rux jigardagi yog‘li birikmalardan ximoya qilishga yordam beradi, immunitet tizimini kuchaytiradi, qonning rN muvozanatini normallashtirish, qon bosimini bir me’yorda turishiga yordam beradi…

Namatak ekstrakti. Farmakologik faolligi asosan vitaminlar majmuasi (V,Ye,R, vitaminlari ) va birinchi navbatda askorbin kislotasi bilan belgilanadi. Immunitet tizimini mustaxkamlaydi,

tӯqimalarning gormonlar sintezini kuchaytiradi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Xoleretik ta’sirga ega. Namatak tarkibida organik kislotalar, flavanoidlar, karotinoidlar, pektin va taninlar S,R,K,V guruxi vitaminlari mavjud.