Triobrav

Yod tanqisligi bilan bog'liq kasalliklarning oldini olish uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Endokrinologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

CHIQARILISH SHAKLI

(1) Polivenilxlorid va alyuminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 10 dona kapsulalar, bir qutida 3 ta blister  (30 ta kapsula), (2) – qo`llash bo`yicha yo`riqnoma.

Tarkibi

Miqdori

Kaliy yodid

200mkg

Foliy kislotasi (Vitamin В9)

400mkg

PREPARATNING TA`SIRI

Kaliy yodid qalqonsimon bez gormonlari tiroksin va triyodtironning ajralmas qismi bo'lgan muhim mikroelementdir. Qalqonsimon bez gormonlari barcha organlar va tizimlarning rivojlanishida, organizmdagi metabolik jarayonlarni tartibga solishda ishtirok etadi: ular organizmdagi oqsillar, yog'lar, uglevodlar va energiya almashinuvi uchun muhum ahamiyatga ega.  Bundan tashqari miya faoliyatini tartibga soladi, jinsiy va sut bezlarining, yurak-qon tomir tizimlari, shuningdek o'sish va bolaning rivojlanishida ham muhum ahamiyatga ega, Yod tanqisligi ayniqsa bolalar, o'smirlar, homilador va emizikli ayollar uchun xavflidir.

FARMOKOKINETIKA

Kaliy yodid: 

Qabul qilingandan song ingichka ichakda deyarli to'liq so'riladi. Plazmadagi yod kontsentratsiyasi odatda 0,1 dan 0,5 mkg/dL gacha. Kaliy yodid qalqonsimon bez, so`lak bezlari, sut bezlarida va oshqozon to'qimalarida to'planadi. So`lak, me'da shirasi va ona sutidagi konsentratsiyasi qon plazmasiga qaraganda taxminan 30 baravar yuqori.

Foliy kislotasi (Vitamin В9):

Sog`lom odamga 400mg B9 vitamini kerak.  Alkogolizmdan aziyat chekadigan, shuningdek xech bo`lmaganda vaqti vaqti bilan spirtli ichimliklarni istem`ol qiladigan odamlar В9 vitaminning etishmasligini boshdan kechirishadi. Bu bakteritsit preparatlari va diuretiklarni ishlatgan odamlarga xam tegishli. Harakatsiz turmush tarzini olib boradigan odamlarda, o`smirlarda ham to`liq  rivojlanishi va o`sishi uchun tanadagi bu vitaminning  mavjudligi juda muhumdir. Organizmda foliy kislotasi turli metobolik  jarayonlarda ishtirok etadigan koenzim bo`lgan  tetrogidrofoli kislotaga kamayadi. Bu megaloblastlarning normal etilishi va  normoblastlarning shakllanishi uchun zarurdir. Eritropoezni rag`batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan metionin, serin), nuklein kislotalar, purinlar va piramidinlar sintezida, xolin, xistidin metobolizmida ishtirok etadi. Homiladorlik davrida u tanani terotogen omillar ta`siridan himoya qiladi. Homilador ayollar eng ko`p В9 vitaminga muhtoj. Ular kuniga 800mkg В9 vitamini, emiziklai onalar esa 600mkg gacha olishlari kerak. Platsentaning  normal rivojlanishiga va ishlashiga hissa qo`shadi.