Maksvit pronatal

no text

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Endokrinologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Preparatning savdo nomi

Maksvit pronatal.

Chiqarilish shakli

     (1) ximoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki polivenilxlorid va alyuminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 30 dona kapsulalar.

     (2) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Faol moddalar:

A vitamini (palmitat)

2 350 XB

D3 vitamini (xolekalsiferol

200 XB

E vitamini (alfa-tokoferil asetati) 1

10 mg

C vitamini (kalsiy askorbat digidrati)

75 mg

Folat kislotasi (V9 vitamini)

500 mkg

B1 vitamini (tiamin nitrati) 1

1,6 mg

B2 vitamini (riboflavin)

1,8 mg

B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi).

2,6 mg

B12 vitamini(sianokobalamin)

2,6 mg

Nikotinamid (PP vitamin )

19 mg

Biotin

200 mkg

Kalsiy pantotenati (B5 vitamini)

10 mg

Mineral moddalar va mikroelementlar:

Kalsiy (suvsiz kalsiy gidrofosfati, kalsiy pantotenati, kalsiy askorbat digidrati)

125 мg

Magniy (engil magniy oksidi, magniy gidrofosfat trigidrati, magniy stearati)

100 мg

Fosfor (suvsiz kalsiy gidrofosfati, magniy gidrofosfat trigidrati)

125 мg

Temir (temir fumarati)

10 мg

Rux (rux sulfat monogidrati)

7,5 мg

Mis (suvsiz mis sulfati)

1 мg

Marganes (marganes sulfat monogidrati, temir fumarati)

1 мg

L.arginin

10 мg

laktoza monogidrati, mannitol (Ye421), makrogol 400, gliserol distearati (Ye472), jelatin (Ye441), mikrokristal sellyuloza (Ye460), etilsellyuloza, natriy kraxmala glikolyati, magniy stearati (Ye572) , povidon K90, povidon K30.

Preparatning ta'siri

MAKSVIT PRONATAL homiladorlikni rejalashtirish, homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llaniladigan vitaminlar, minerallar va mikroelementlar kompleksidan iborat. Bu komponentlarning dozalari homilador va emizikli ayollarning ovqatlanish ratsioni uchun tavsiya qilingan dozalarga to'g'ri keladi. MAKSVIT PRONATAL homiladorlikni normal kechishi uchun zarur bo'lgan vitaminlar va mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojning o'rnini qoplaydi.

Vitaminlar va minerallar homilani to'g'ri rivojlanishi va o'sishi uchun, metabolizmni normal kechishi (lipidlar, nuklein kislotalari va proteinlarning shakllanishi; aminokislotalar, kollagen va neyromediatorlarning sintezi) uchun zarurdir. Preparatning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bog'liq.

— A vitamin: turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va terining, shilliq qavatlarning, shuningdek ko'rish a'zolarining normal faoliyati ko'rsatishiga yordam beradi;

— B1 vitamin: va nerv tizimining normal faoliyat ko'rsatishiga yordam berib; yurak faoliyatini normallashishida ishtirok etadi;

— B2 vitamin: to'qimalarning, shu jumladan teri xujayralarining regeneratsiya jarayonlariga, yordam beradi;

— B6 vitamin: suyaklarni, tishlarni, milkni strukturasi va funksiyasini quvvatlab turishga yordam beradi, eritropoezga ta'sir ko'rsatadi, nerv tizimini normal faoliyatiga ko'rsatishga yordam beradi;

— B12 vitamin: eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimini normal faoliyat ko'rsatishga yordam beradi. B guruhi vitaminlari organizmda turli modda almashinuvini yo'lga soluvchi turli fermentlarning hosil bo'lishida ishtirok etadi, boshqaradi, homilador ayollardagi toksikozda ko'ngil aynishi va qusish xurujlarini pasayishiga yordam beradi;

— C vitamin: qator biologik faol moddalarning oksidlanishida, biriktiruvchi to'qimani almashinuvida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to'qimalarning regeneratsiyada ishtirok etadi, steroid gormonlarni hosil bo'lishini rag'batlantiradi, kapillyarlar o'tkazuvchanligini normallashtiradi.C vitamini organizmning infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi, yallig'lanish reaktsiyalarini pasaytiradi;

— D3 vitamin: homilador ayolning organizmida kalsiy va fosforning muvozanatini saqlab turishida muhim rol o'ynaydi. Uning yetishmovchiligida bolalarda raxit, kattalarda suyak to'qimasida kalsiy miqdorini kamayishi (osteoporoz) yuz beradi;

— E vitamin: tabiiy antioksidan bo'lib, qonning yuqori ivuvchanligini bartaraf etadi va periferik qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, xujayralarning o'sish jarayonida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlarning, jinsiy bezlarning faoliyatida ishtirok etadi. Homiladorlikning ilk bosqichida E vitamini yetishmovchiligi bola tashlashning sababi bo'lishi mumkin. Biotin: moddalar almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, oqsilni o'zlashtirilishiga yordam beradi;

— Kalsiy pantotenati: yog'lar, oqsillar va uglevodlarning metabolizmi jarayonida ishtirok etadi;

— Folat kislotasi: aminokislotalarning metabolizmida, purin va pirimidin asoslari sintezida ishtirok etadi. Folat kislotasining tanqisligi DNK biosintezini kamayishiga va xujayra replikasiyasini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida qon yaratish jarayonlari va homiladorlik vaqtida homilada nerv nayining rivojlanishi buzilishi mumkin. Nikotinamid: oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, vodorod va fosfatning tashib o'tkazilishini ta'minlaydi;

— Kalsiy: suyak to'qimasining shakllanishida, qon ivishida, nerv impulslarini o'tkazilishida, skelet va silliq mushaklarni qisqarishida, yurakni normal faoliyat ko'rsatishida ishtirok etadi. U shuningdek temirni so'rilishiga yordam beradi. Magniy: mushak va suyak to'qimasini shakllanishida qatnashadi, shuningdek oqsil sintezida ishtirok etadi;

— Temir: gemoglobin molekulasining bir qismi bo'lib, organizmda kislorodni tashilishida ishtirok etadi va homilador ayollarda, ayniqsa homiladorlikning Il va IIl oyliklarida anemiyani rivojlanishini oldini oladi;

— Marganes: suyaklarning to'g'ri mineralizatsiyada ishtirok etadi;

— Mis: eritrositlarning noral funksiyasini va temir almashinuvi uchun zarurdir. Rux: homila skeletini normal shakllanishi va to'qimalar regeneratsiyasi uchun zarur bo'lib, ayrim gormonlar, shu jumladan insulinning tarkibiga kiradi, ona qornidagi qator anomaliyalarni yuz berishi ehtimolini pasaytiradi;

— Fosfor: nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi, organizmning energetik tizimida asosiy komponent hisoblanadi. Suyak to'qimasini o'sishi va rivojlanishini rag'batlantiradi, qon yaratilishini faollashtiradi;

Farmakokinetikasi

MAKSVIT PRONATAL preparatining ta'sir etuvchi moddalari - vitaminlar, minerallar va mikroelementlar - inson organizmida keng tarqalgan almashtirib bo'lmaydigan ozuqa elementlari hisoblanadi. Plazmada va to'qimalarda ozuqa elementlarining tarkibi gomeostatik tarzda boshqariladi va sutkalik o'zgarishlar, ovqatlanish holati, bo'y, homiladorlik va laktasiya kabi turli omillarga bog'liq bo'ladi.