LAKTOPIK DB

Emizikli ayollar uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Endokrinologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o'simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o'ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho'kma va xira ko'rinish bo'lishi mumkin ) suyuq sirop bo'lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ramlar, (2) – me'yorlash qoshig'i – dozator, (3) – qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

TARKIBI:

Dorivor arpabodiyon mevasi ekstrakti (Fructus Pimpinella anisum L.)- 600mg.

Oddiy fenxel mevasi ekstrakti (Fructus Foeniculi) -600mg.

Oddiy zira ekstrakti (Fructus Carvi) -400mg.

Shivit o'ti ekstrakti (Anethumgra Veolens)- 400mg.

 Qichitqi o't ekstrakti (Urtica dioica L.) -400mg.

Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla) -400mg.

LAKTOPIK:

- emizikli onalarda laktatsiya davrida ko'krak sutini ko'paytiradigan va shu bilan birga bolani ko'krak suti bilan oziqlanishini ta'minlovchi, tabiiy ekstraktlardan tayyorlangan preparatlardan biridir.

- tug'riqdan keyingi davrda, ayollar organizmini tiklanishini tezlashtiradi va bolaning ko'krak suti bilan oziqlanish davrini uzaytiradi.

- Xalq tabobatida emizikli onalarda ko’krak suti yetishmovchiligini bartaraf qilish uchun foydalanilgan giyohlar jamlanmasi “Laktopik DB” tarkibida birlashtirilgan.

PREPARATNING TA'SIRI

- Emizikli onalarda ko'krak suti bilan oziqlantirish davrida, sut miqdorini ko'paytiradi, vitamin va minerallar yetishmovchiligini bartaraf etadi;

- Antibakterial va antioksidant ta'sirga ega;

- Stress va charchoqni yengishda yordam beradi;

- Organizmda immun tizimini kuchaytiradi.