Oksimag B6

Kuchli nervlar uchun

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Endokrinologiya
Qadoq turi:
Kapsula
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

(1) Polivenilxlorid va aluminiy folga plyonkasidan tayyorlangan blisterli lentada 0,5gr li 10 dona kapsulalar, bir qutida 3 ta blister (30 ta kapsula), (2) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi

1 ta kapsula 0,5g) Magniy-494mg, vitamin B6 (piridoksin)-2mg

Preparatning ta'siri

Magniy organizm uchun eng muhim tarkibiy qismlardan hisoblanadi. Magniy asosan xujayra ichki kationi xisoblanadi. U neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini va qo‘zg‘alishini nerv-mushak bo‘ylab o‘tkazilishini pasaytiradi. Magniy makronutrientlarga tegishli bo‘lib, organizmdagi miqdori bo‘yicha natriy, kaliy va kalsiydan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Magniyni qabul qilish asabiylashish va bezovtalikni bartaraf etishga, xotirani yaxshilashga, suyak salomatligini yaxshilashga, mushaklar va qon tomirlari spazmlarini yengillashtirishga va yurakning barqaror ishlashini ta’minlashga yordam beradi. Magniy tanada ishlab chiqarilmaydi va organizmga faqat tashqaridan kirishi mumkin. Magniy ayniqsa, ko‘plab diuretiklar, spirtli ichimliklar, kofeinni qabul qilishda, hissiy stressning kuchayishi, jismoniy zo‘riqish, vaqt zonalarining o‘zgarishi va uyquning yetarli emasligida qabul qilinishi talab qilinadi va sarf qilinadi.

— Magniy va asab tizimi: Magniyning asosiy vazifalaridan biri asab tizimini turli stresslardan himoya qilishdir. Miyadagi nerv hujayralarining haddan tashqari qo‘zg‘alishini to‘htatadi va asabiylashishni bartaraf etishga va tananing tashqi ta’sirlarga nisbatan sezgirligini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu makronutrient diqqatni oshirishga, uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi;

— Magniy va yurak-qon tomir tizimi: Qonda magniy darajasining pasayishi yurak tezligi va qon tomir tonusining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa qon bosimining oshishiga olib keladi. Magniy qon tomirlarini bo‘shashtirishga yordam beradi va shunga mos ravishda bosimni kamaytiradi. Profilaktik chora sifatida magniyni o‘z ichiga olgan oziq- ovqatlarni iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi;

— Magniy va sport: Jismoniy faollik paytida sportchilar ko‘proq magniy iste’mol qiladilar. Magniy ichki organlarning funksiyasini boshkarishda ishtirok etadi va jismoniy stress paytida stressga qarshi omil bo‘lganligi sababli, OKSIMAG B6 ni qabul qilish mashqlar paytida chidamlilikni saqlash va tiklanish uchun muhimdir;

— Magniy va ayol organizmi: Hayz ko‘rish boshlanishidan oldin,siklning ikkinchi yarmida, magniy etishmovchiligi kuzatiladi. Magniy shishni, bachadon tonusi oshishini, asabiylashishni bartaraf etishga yordam beradi. Menopauzadan oldingi davrda va menopauza davrida magniy etishmovchiligi va ular bilan bog‘liq ko‘rinishlar ham juda keng tarqalgan;

— Magniy va terining holati: OKSIMAG B6 gialuronan sintetazalarining faolligini oshiradi gialuron kislotasi sintezi uchun mas’ul bo‘lgan fermentdir. Shunday qilib, OKSIMAG B6 terining tuzilishini yaxshilash va undagi qarish jarayonini sekinlashtirish uchun zarurdir;

— Magniy va siydik tizimi: Siydikdagi magniy va kalsiyning nomutanosibligi buyrak toshlarining paydo bo‘lishining omilidir. Magniy yetishmasligining qo‘shimcha sababi yog‘lar va oqsillar ko‘p saqlagan parhez bo‘lishi mumkin,chunki ularda magniy yomon so‘riladi. OKSIMAG B6 qabul qilish buyrak toshlarining shakllanishini kamaytirishga yordam beradi. Magniy, shuningdek, suv-tuz almashinuvi uchun mas’ul bo‘lgan aldosteron gormonini sekresiyasini tartibga soladi. Magniy etishmovchiligi bilan gormonning juda ko‘p qismi chiqariladi va buning natijasida tanada suv saqlanib qoladi va shish paydo bo‘ladi. OKSIMAG B6 ni qabul qilish shishni kamaytirishga yordam beradi;

— Magniy va suyak tizimi: To‘g‘ri miqdorda magniyni iste’mol qilish suyak mineral zichligini sezilarli darajada oshiradi, bu menopauza davrida ayniqsa muhimdir. Suyaklarimiz salomatligi uchun magniy kalsiydan kam emas, chunki magniy kalsiyni suyaklarda saqlaydi va uning suyak to‘qimasidan yuvilishiga yo‘l qo‘ymaydi.