Strolang DB

Sovuq va yo'talga qarshi vosita

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Pulmonologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o'simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o'ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho'kma va xira ko'rinishda bo'lishi mumkin), suyuq sirop bo'lib, himoyalovchi plombali 200ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1)-himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ramlar, (2)-me'yorlash qoshig'i-dozator, (3)-qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

PREPARATNING TA'SIRI

Bronxlar sekretsiyasini buzilishi va balg'amning chiqarilishini susayishi bilan bog'liq o'tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda sekretolitik davolash uchun qo'llanadi. Yo'talga va yalliq'lanishqa qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Tarkibi

Farmokologik ta'siri

Miqdori

Extract um inula helenium

Poyasi va ildizida inulin (44% gacha) va boshqa polisaxaridlar, achchiq moddalar, efir moyi (4,5% gacha), saponinlar, smolalar, saqich, shilimshiq, oz miqdorda alkaloidlar, gelenin mavjud. Efir moyi tarkibiga allantolakton (proazulen, gelenin), qatronlar, shilimshiq, dihidroalantolakton, fridelin, stigmastern, fitomelan, pektinlar, mum, saqich, E vitamini kiradi. O'tlarda efir moyi (3% gacha), askorbin kislotasi, E vitamini topilgan; barglarida flavonoidlar, vitaminlar (askorbin kislota, tokoferol), achchiq moddalar, taninlar (9,3%), laktonlar, fumarik, sirka, propion kislotalar topilgan; Bundan tayyorlangan preparatlar balg'am ko'chiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, ishtahani yaxshilaydi, ichak motorikasini pasaytiradi va me'da shirasining sekretsiyasini kamaytiradi.

400mg

Glycyrr hiza glabra (Qizilmi ya ekstrakti)

Qizilmiya ekstrakti bo'shashtiruvchi, yallig'lanishni oldini oluvchi, biriktiruvchi, balg'am ko'chiruvchi va antiseptik xususiyatga ega. Qizilmiya ildiziga asoslangan antitussiv preparatlar bolalarda faol qo'llaniladi, chunki ular qusish bilan ko'ngil aynishi kabi nojo'ya ta'sirga ega emas. Qizilmiyaning biologik ta'siri: adaptogen, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, buyrak usti po'stlog'ini rag'batlantirish, detoksifikatsiya qilish, virusga qarshi, qon glyukoza darajasini normallashtirish va boshqalar.

200mg

Extract um phyllan thus emblica (Dorivor Emblika ekstrakti)

Emblica kuchli antioksidant xususiyatlarga ega, immunitet tizimini mustahkamlaydi va erkin radikallarni zararsizlantiradi. Mevalarda ko'p miqdorda pektin mavjud bo'lib, u oshqozon-ichak traktini rag'batlantiradi, xolesterinni kamaytiradi. Qon tarkibi va parametrlarini yaxshilaydi, toksinlar, ortiqcha suyuqlik va toksik moddalarni tanadan chiqarib tashlaydi. Emblica antivirus, antibakterial ta'sirga ega.

150mg

Matrica ria chamo milla L (Dorivor moyche chak guli).

Moychechak ekstrakti tarkibida C vitamin bilan birlashtirilgan flavanoidlar mavjud. Antiseptik, antioksidant, allergiyaga qarshi, yumshatuvchi, namlovchi, tiklovchi, tinchlantiruvchi yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'siri ko'rsatadi.

400mg

Herba hyperi cum L (Teshik dalachoy ekstrakti)

Teshik dalachoy tarkibida taninlar, efir moyi, b- sitosterin, triterpen saponinlar, C, E vitaminlri, flovoniodlar (giperozid, rutin), antrokinonlar, makro va mikro elementlar mavjud. Teshik dalachoy vitamin C ga boy bo'lib kuchli polivitamin vosita hisoblanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Turli xil shamolashlarni, og'iz bo'shlig'l kasalliklarini, gaymoritni yengishga yordam beradi. Doimiy qichishtiradigan yo'talda tomoq shilliq qavatini tinchlantiradi tomoqdagi noqulay xirillash alomatlarini bartaraf etadi.

150mg