Fortress

Immunitetni quvvatga boyitish va mustahkamlash uchun.

Tavsiya etiladi:
Retseptsiz
Turkumi:
Pulmonologiya
Qadoq turi:
Sirop
Sahifaga joylandi:
Ma'lumotlarni yuklash

Tarkibi

Chiqarilish shakli

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang tusdagi(biroz cho‘kma va xira ko‘rinishda bo‘lishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) - himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) - me’yorlash qoshig‘i - dozator, (3) - qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

TARKIBI

200 ml siropda quyidagi miqdorda saqlanadi:

Trigonella foenum graecum (Fenugreek)

400mg

Zīngiber officināle (Dorivor zanjabil)

400mg

Emblica officinalis (Mirobalan)

240mg

Echinacea purpurea .L (Dorivor qizil Exinaseya ekstrakti)

240mg

Extractum inula helenium (Devyasil ekstrakti)

240mg

Glycyrrhíza glábra (Qizilmiya ekstrakti)

240mg

Cinnamomum verum (Dolchin ekstrakti)

400mg

Preparatning ta'siri

     IMMUNITET (lot. "immunitas" -- biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi «yot» omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligidir.«Yet» omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, gelmentlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a’zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z xujayralari (mas, o‘smasimon hujayralar) va boshqalar kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan kimyoviy agentlar - antigenlar tutadi. Tarkibida noyob tabiiy kompleksni o‘z ichiga olgan FORTRESS, butun inson organizmiga, barcha a’zolar va tizimlarga keng ko‘lamli sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. FORTRESS biologik faol qo‘shimchasi tarkibidagi dorivor o‘simliklarning xususiyatlari:

— Trigonella foenum graecum: Fenugreek tarkibiga quyidagilar kiradi:  sellyuloza, vitaminlar (A,S,V1,V2,V3,V6), temir, mis, sink, selen, natriy, fosfor, kaliy va formulada bir kator aminokislotalar mavjud: triptofan, treonin,lizin, leysin, sistin, alanin,valin, glitsin,prolin, serin.Shuningdek ular tarkibida magniy, folatlar, karotinoidlar mavjud. Ovkat xazm kilishni yaxshilaydi, immunitet tizimini mustaxkamlaydi va qonda shakar darajasini pasaytiradi…

— Zīngiber officināle: Quruq ildizpoyalarida efir moyining miqdori 1,5-3% ni tashkil qiladi, uning asosiy tarkibiy qismlari a- va b- zingiberenlar, kamfen, sineol, bisabolen, borneol, sitral, linalol mavjud. Bundan tashqari tarkibida S, V1, V2 vitaminlari va muhim aminokislotalar ham mavjud. Zanjabil shamollashning oldini olishda ishlatiladigan immunomodulyatordir. Efir moyi aromaterapiyada psixo-emotsional kasalliklar, tayanch-harakat tizimi kasalliklari, shamollash va virusli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Olimlar zanjabil organizmga hujayralardagi viruslarining hayotiy faolligini blokada qilishga yordam berishini aniqladilar. U yallig‘lanishga qarshi, antispazmodik, og‘riq qoldiruvchi, karminativ va tonik, kuchli antioksidant, tinchlantiruvchi, immunitetni ko‘taruvchi, organizmni prazitlardan himoya qilish ta’siriga ega.

— Emblica officinalis: Emblika kuchli antioksidant xususiyatlarga ega, immunitet tizimini mustaxkamlaydi va erkin radikallarni zararsizlantiradi. Mevalarda ko‘p miqdorda pektin mavjud bo‘lib, u oshqozon ichak traktini rag‘batlantiradi, xolesterinni kamaytiradi. Qon tarkibi va parametrlarini yaxshilaydi, toksinlar, ortiqcha suyuqlik va toksik moddalarni tanadan chiqarib tashlaydi. Emblika antivirus, antibakterial tasirga ega.

— Echinacea purpurea L. immun tizimining himoya hujayralarini (fagatsitlar) faollashtirish orqali immunitetni oshiradi va ko‘plab autoimmun kasalliklarni (gepatit, nefrit, revmatoidli artrit), bakterial va virusli kasalliklarni (gripp, gerpes, chechak, polimielit)oldini olishda va davolashda qo‘llaniladi.

— Extractum inula helenium: Efir moyi tarkibiga allontolakton (proazulen, gelenin), qatronlar, dixidroalontolakton, fridelin, stigmasterin,fitomelan, pektinlar, Ye vitamini kiradi. O‘tlarda efir moyi (3% gacha), askorbin kislotasi, Ye vitamini topilgan. Barglarida flavanoidlar , vitaminlar (askorbin kislota, tokoferol), achchiq moddalar, taninlar (9,3%), laktonlar, fumarik, sirka, propion kislotalar topilgan.

— Glycyrrhíza glábra biologik faol moddalar majmuasini: glitsirrizin kislotasi, triterpen kislotasi, glikozidlari, flavonoidlar, likvirotozid, trioksixalkonlar, pentasiklik triterpen, karbenoksalen va boshqalarni saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, me’daichak yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ayniqsa, me’da shirasi kislotasi oshib ketgan hollarda, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bitishini tezlashtiradi. Glitsirrizin kislotasi, organizmda metabolik o‘zgarishlarga uchrab, kortikosteroidga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi, stafilokokk, tuberkulyoz mikobakteriyasi, ichak tayoqchasi mikroblariga qarshi faollikka ega.

— Cinnamomum verum: Dolchin immunitet tizimini mustahkamlaydi, yallig‘lanishga qarshi va gemostatik xususiyatlarga ega, xotirani yaxshilaydi va Altsgeymer kasaligiga qarshi kurashda yordam beradi. Shuningdek yurak qon- tomir tizimining ishiga ijobiy tasir ko‘rsatadi; u LDL xolesterin (past zichlikdagi liporotein) va triglitseridlar darajasini pasaytiradi, shu bilan birga "yaxshi" HDL xolesterini (yuqori zichlikdagi lipoprotein) barqaror qiladi, qonni suyultiradi va qon bosimini pasaytiradi, antviral va antibakterial xususiyatlarga ega.