Florsink

Normalizes intestinal microflora imrove metabolic provesses

Dispensing:
Over the counter
Category:
Gastroenterology
Dosage form:
Capsule
Published:
Download information

Composition

Chiqarilish shakli: FLORSINK - 400 mg №10 kapsula va bolalar uchun 1000 mg №10 sashe - paketi ko'rinishida ishlab chiqariladi.

Tarkibi: Ta'sir etuvchi moddalar:

PL bifidobakteriyalardan majmua:

- Bifidobacterium longum 17x-son shtamm

- Propionibacterium avidum 1

Lactobacteriyalardan majmua:

- Lactobacillus asidophilum 180-son shtamm

- Lactobacilus bulgaricum 176-son shtamm

- Streptococcuse diasetilactis 64-son shtamm

- Streptococcus thermophilus 108-son shtamm

- 400 mg kapsulada kamida 10x10 KOE. Bitta sasheda 10x10 KOE.

- Sink (sink sulfat tuzi sifatida) 16 mg.

Yordamchi moddalar: maltodekstrim.

Farmakologik xususiyatlari:

"FLORSINK" - probiotik, ichak mikroflorasini normallashtiradi va mo'tadil immunitetni kuchaytiruvchi ta'sirga ega. Ushbu samaralar normal ichak mikroflorasi vakillari xisoblangan va preparat tarkibida bo'lgan bifidobakteriyalar bilan taminlanadi.

Biokimyoviy xususiyatlari: "FLORSINK" biomajmuasining biologik samarasi lakto va bifido bakteriyalarning xususiyatlari bilan ta'minlanadi, ular tabiiy istiqomat qiluvchi sifatida ichakda tez kolonizatsiya qilish xususiyati bilan farqlanadi va patogen mikroblarning o'sishiga to sqinlik qiluvchi muhitni yaratadi. Lakto va bifidobakteriyalar shartli -patogen mikroorganizmlar va ularning toksinlari ta'siridan ichak shilliq qavatini himoya qilishadi, interferon hosil bo'lishini rag'batlantirishadi, shu orqali mahalliy va umumiy immunitetni mustahkamlashadi. Bir vaqtning o'zida laktobakteriyalar va ichak mikroflorasi tarkibidagi boshqa mikroorganizmlar populyatsiyalarining sonini qayta tiklaydi, vitaminlar sintezini rag batlantiradi.

Sink: Sink viruslarga qarshi aktiv hisoblanib, immun tizimi faoliyatini kuchaytiradi va to'g'ridan to'g'ri virusga qarshi ta'sir etadi. Sink virusni ko'payishi uchun zarur bo'lgan virus RNK sidagi asosiy ahamiyatga ega bo'lgan RNK-polimeraza fermentini bloklaydi. Sink muhim ozuqaviy mikroelement bo'lib, oqsillar sintezi, hujayralar o'sishi va shakllanishi, hamda immun tizimi faoliyati uchun, ichakda suv va elektrolitlar transportirovkasi uchun zarur hisoblanadi. Organizmda Sink yetishmovchiligini to'ldirish va immunitetni ko'tarish hamda oshqozon ichak trakti biotsenozini tiklash maqsadida FLORSINK probiotik samarali qo'llaniladi.

Farmakologik ta'siri va samaralari:

"FLORSINK" quydagi samaralarni ko'rsatadi:

- Ichakda patogen yoki shartli pathogen bakteriyalar, zamburug'lar o'sishi, viruslarning o'sishi, ko'payishini, disbakteriozni bartaraf qiladi.

- Normal va patogen mikroorganizmlar o'rtasidagi muvozanatni yaxshilash, disbakterioz retsidivining oldini olish.

- K vitamini, biotin, niatsin va foliy kislotasining yetarli miqdorda ishlab chiqarilishini taminlash.

- Ovqatni hazm qilishni yaxshilash va normallashtirish (ich ketish, qabziyat, qorin damlanishi, meteorizmni bartaraf qilish).

- Antibiotiklarni qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini normallashtirish.

- O'tkir ichak infeksiyasi bilan bog'liq diareyani bartaraf qilish.

Ko'rsatmalar:

- Disbakteriozda bakterial balansni tiklash uchun va me'da -ichak traktining buzulishida.

- Antibakterial vositalar qabul qilish oqibatida yuzaga kelgan diareyada; Infeksiya tabiatiga ega diareyada.

- Ta'sirlangan ichak sindromida.

- Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

- Allergik holatlarda (ayniqsa yosh bolalarda).

 - Qin mikroflorasi buzilganda.

- Ichakning yallig'lanishiga oid kasalliklarida.

- Sayohatchilar diareyasida…

Qarshi ko'rsatmalar:

BFQ komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llanilmaydi.